So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

Masofadan boshqariladigan mashinalar Germaniyadagi uchrashuvni to'xtatib qo'ydi Yangiliklar

Masofadan boshqariladigan mashinalar Germaniyadagi uchrashuvni to'xtatib qo'ydi

Germaniyaning 2-darajali Bundesligasidan o'rin olgan "Hansa Rostok" va "Gamburg" o'rtasidagi o'yin o'zidan tutun chiqaradigan hamda masofadan boshqariladigan mashinalar tomonidan bir muddat to'xtatib qo'yildi.

Uchrashuv boshlanganidan 10 daqiqa o'tgach, ikki mashina maydonga kirib, o'zidan oq va ko'k rangdagi tutun chiqargan.

Styuardlar mashinalarni maydondan olib chiqishgunga qadar o'yin to'xtatib turildi.

Foto: Getty Images

Germaniya bo'ylab Bundesligadagi ulushlarni xususiy sarmoyadorga sotish bo'yicha taklif qilingan kelishuvga qarshi norozilik sifatida xuddi shunday namoyishlar uyushtirilmoqda.

SHanba kungi Bundesliganing beshta o'yinidan to'rttasi norozilik namoyishlari bilan to'xtatildi, muxlislar maydonga tangalar va toshlar uloqtirishgan.

Foto: Getty Images

Noroziliklar Bundesligani tashkil etuvchi nemis klublari guruhi DFLning butun dunyo bo'ylab ligani bozorga chiqarish va targ'ib qilish uchun kapital kiritish evaziga bo'lajak televidenie huquqlarining 8% ulushini sotish rejasiga javob tarzida namoyish etilmoqda.

Taklif dekabr oyida nemis klublarining uchdan ikki qismi tomonidan maqullangan, biroq tarafdor guruhlari yana bir ovoz berishni talab qilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика