Maskerano murabbiylik faoliyatidagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritdi
08 avg 2022 21:49
Yangiliklar
Maskerano murabbiylik faoliyatidagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritdi
Argentinalik sobiq himoyachi Xaver Maskerano murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyatga erishmoqda.
O'tgan yilning dekabr oyidan beri u yaqinda nufuzli COTIF turnirida g'olib chiqqan Argentina yoshlar terma jamoasini boshqarib kelmoqda.
Ushbu turnirda Argentinadan tashqari Braziliya, Ispaniya, Urugvay va hatto Ukrainadan kelgan yoshlar terma jamoalari va klublari ishtirok etishdi. Maskerano shogirdlari g'oliblik yo'lida "UD Azira", "Valensiya" va "Levante"ni mag'lub etishdi hamda finalda Urugvayni 4:0 hisobida dog'da qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Maskerano futbolchilik faoliyatida 2003 yildan 2018 yilgacha Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilib, jami 147 ta o'yin o'tkazgan.
Fikrlar