Maskerano: "Barselona"ga klublar o'rtasidagi mundial kerak emas deb o'ylaganlar, adashadi"
16 dek 2015 12:12
Yangiliklar


Maskerano: "Barselona"ga klublar o'rtasidagi mundial kerak emas deb o'ylaganlar, adashadi"
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskeranoning so'zlariga ko'ra, ko'k-anorranglilar klublar o'rtasdagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchi.
"Turnirda g'alaba qozonishni istaymiz. Ko'pchilikning fikricha, bu turnir katta ahamiyatga ega emas, ammo bunday emas. Ular xato qiladi. Biz uchun klublar o'rtasidagi mundial katta hamiyatga ega" - deydi Maskerano.
Yaponiyada o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida "Barselona" "Guanchjou Evergrand" bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar