Mashrab Odilov: "Guruhimizdagi barcha jamoalar bir-biriga juda munosib"
15 iyu 2024 16:45
Yangiliklar
Mashrab Odilov: "Guruhimizdagi barcha jamoalar bir-biriga juda munosib"
- BMB jamoasi joriy mavsumda "oltin dubl" qayd etdi. Mavsum jamoa uchun qanday o'tdi?
- Final bahsi muxlislarga yoqdi degan umiddaman. "Oil-Star" juda kuchli jamoa ekanligini bilar edik. Final bor yo'g'i bitta uchrashuvdan iborat va shu sababli bugungi o'yin teng kurashlar ostida kechdi. Mavsum avvalida mag'lubiyatga uchradik. Qiyin vaziyatdan chiqib keta oldik. Mehnat evaziga o'z maqsadimizga erishdik.
- Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidagi dastlabki raqiblarimizni bilib oldik. Guruhimiz haqida nimalar deya olasiz? Mundialga uch oydan kamroq vaqt qoldi. Tayyorgarlikni qachon boshlaysizlar?
- Bugun mavsum yakunlandi. Buyog'iga faqat terma jamoa haqida o'ylaymiz. Mundialga ko'p vaqt qolmadi. Guruhimizdagi har bir jamoa bir-biriga juda munosib. Kim kuchliroq va yaxshiroq o'yin namoyish etsa guruhda g'olib bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar