So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  54 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

Mashhur futbolchilarning fobiyasi. Ular nimadan qo'rqadi?! Yangiliklar

Mashhur futbolchilarning fobiyasi. Ular nimadan qo'rqadi?!

Bilamiz, hattoki eng jasur insonlar ham nimadandir qo'rqadi.

Futbolchilar haqida gap ketganda esa bu mavzu muxlislarda qiziqish uyg'otishi aniq. Ayniqsa, biz ular haqida kamdan-kam, yaqin tanishlari yoki bazi manbalar orqali eshitib qolamiz. Keling bugun taniqli futbolchilarning qanday fobiyasi borligi haqida suhbatlashamiz.


Marko Veratti (PSJ) va Fil Jons ("MYU") — klaustrofobiya (yopiq, tor, qorong'i joylarda qolib ketishdan qo'rqish)

Yaqinda PSJ futbolchilari CHempionlar Ligasi o'yinidan oldin Leypcigdagi mehmonxona liftida qamalib qolishgandi. Xabarlarga ko'ra, ularning orasida Veratti ham bo'lgan ekan. Balki Marko o'shanda yolg'iz emasman deya o'zini biroz ovutgandir?! Biroq "Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jonsning liftlar bilan "o'zgacha munosabati" bo'lib, u asosan yuk ko'taruvchi moslamalarini yoqtirmaydi. Gap shundaki, Fil yoshligida Greciyaga hordiq chiqarish uchun borgan va liftga qamalib qolib, u erda bir necha soat qolib ketgan.



Olive Jiru ("CHelsi") — Alf

Ro'yxatdagi eng noodatiy fobiya. Francuz bolalik paytlarida akalari futbolchini Alf bilan qo'rqitishganin tan olgan. Bu "dahshatli" personajdan Olive endi qo'rqmaydi deb umid qilamiz.

"Alf — bu qo'rqinchli hayvon. U juda ham xunuk edi. Undan qo'rqardim. Akam esa faqat bir gapni takrorlardi: "Ehtiyot bo'l. Aks holda, Alf yoningga keladi".


Kilian Mbappe (PSJ) — sichqon va kalamushlar

Aytishlariga qaraganda, bir kuni Killian joylashgan mehmonxona nomerida sichqon topilgan. Mamurlar kichik zararkunandani topish uchun mushuk ham olib kelishgan ekan. Qizig'i shundaki, shunga o'xshash qo'rquv "Liverpul" sobiq forvardi Piter Krauchda ham bor. U xomyaklardan qo'rqadi.


Dennis Bergkamp ("Arsenal" sobiq hujumchisi) — samolet

Bu juda mashhur voqea, balki buni eshitgandirsiz ham. Ammo "uchmaydigan gollandiyalik"ning bunda aybi yo'q deb o'ylaymiz. Sababi Dennis parvoz qilganida ko'p bora noxush holatlarga duch kelgan. Do'sti aviahalokatda vafot etgani unga salbiy tasir qilgan. U yolg'izmas, albatta. Bu ro'yxatga Radek SHirl, Vladislav Radimov, Aleksandr Kerjakov, Uli Xeness, Igor Dobrovolskiy va Paulo Gerrero kabi o'yinchilarni kiritish mumkin.


Ueyn Runi ("Derbi Kaunti") — arvohlar

Ueynning fobiyasi uni bolalik davridan buyon taqib qiladi. U arvohlardan juda ham qo'rqardi. SHu sababli, uxlashdan oldin fen yoki televizorni yoqib qo'yarkan.

Men chiroq va televizor yoqiq bo'lganida uxlashni yaxshi ko'raman. Ammo pylesos va fen shovqini bo'lganida uxlash ko'proq yoqadi. Men juda ko'p fenlarni ishdan chiqarganman, chunki o'chirishni unutib qo'yardim, ular esa kuyib qolaverardi.

Angliya termasi sobiq o'yinchisi Pol Gaskoyn ham shunga o'xshash qo'rquvdan aziyat chekadi: u qorong'ilikdan qo'rqadi. Sobiq klubdoshlarining aytishiga qaraganda, u doim televizorni yoqib uxlarkan.


Devid Bekxem ("MYU" sobiq o'yinchisi) — ataksiofobiya (tartibsizlikdan qo'rqish) va bufonofobiya

Bufonofobiya. Yo'q, u "Yuventus" golkiperai Janluijji Buffondan qo'rqmaydi. Bufonofobiya — (lotinchadan "bufo" — "qurbaqa") — batraxofobiyaning o'xshash shakli, qurbaqalardan qo'rqish. "Nomalum maskanga sayohat" ko'rsatuvini suratga olish jarayonida unda ushbu qo'rquv paydo bo'lgan. Angliyalik o'sha loyihada do'stlari bilan Braziliya bo'ylab sayohat qilgan. O'rmondagi tasvirga olish paytida ko'p marta to'satdan baqalarga duch kelgan va ulardan qo'rqadigan bo'lib qolgan. 

SHuningdek, Bekxem shkafi doim tartibli bo'lishini istaydi, hattoki, kiyimlarini ranglar ketma-ketligi bo'yicha ajratib joylashtiradi. Ha aytgancha, mish-mishlarga qaraganda, u qushlardan ham qo'rqar emish.


Stiven Jerrard ("Reyndjers") — mizofobiya

Afsonaviy angliyalik yarim himoyachi kir narsalardan qo'rqadi. Jerrard mikrob va viruslar unga "yopishib olishi"dan qo'rqib, qo'llarini yuvaveradi-yuvaveradi... Lekin bu hozirgi zamon talabi!


Mikael Forsell ("CHelsi" sobiq hujumchisi) — mushuklar

Bu voqeada hammasi oddiy, ammo biroz g'alati. Germaniyalikning mushuklarga allergiyasi bor. Qolaversa, ulardan juda ham qo'rqadi. Ishonmaysizmi? Bir kuni mashinasi yonida mushuk o'tirgani sababli u "Boxum" mashg'ulotiga kech qolgan.

"Mashg'ulotga ketishim kerak edi, ammo qo'rqyapman. Sababi mashinam yonida 20 daqiqadan beri mushuk g'ildikka suykalib o'tiribdi".


Xesus Navas ("Sevilya") va Andrey Arshavin ("Arsenal"ning sobiq futbolchisi) — neofobiya

Neofobiya — o'zgarishdan va odatga aylanib qolgan ishlardan uzoqlashishdan qo'rqish. Navas faqatgina psixolog yordami bilan "Manchester Siti"ga o'tish qaroriga kelgan. Arshavin esa Angliyaga borganida ko'nika olmay, shifokor huzuriga qatnagan.

SHuningdek, Angliya termasi sobiq o'yinchisi Darren Bentni ham ro'yxatga kiritish mumkin. U o'rgimchakdan qo'rqadi (araxnofobiya). Nabi Keyta ("Liverpul") kuchukdan, Ronaldo ("Real" va "Inter" sobiq futbolchisi) esa semirib ketishdan qo'rqadi. Kallum Xadson-Odoi ("CHelsi") esa tovuslarni yoqtirmaydi.

Xo'sh, sizda ham fobiya bormi? Nimadan qo'rqasiz?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика