So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Mashhur futbolchilar 17 yoshda qanday ko'rinishda bo'lgandi? Yangiliklar

Mashhur futbolchilar 17 yoshda qanday ko'rinishda bo'lgandi?

Ularning bazilari top-klublar etiboriga tushishi oson bo'lmagan.

Bugungi kunda mashhur futbolchilar hayotini millionlab muxlislar kuzatib boradi. Top jamoa futbolchilari va ular qiziqayotgan yosh iqtidorlar dunyoning turli burchaklaridagi ishqibozlar etiborida bo'ladi. Ishonish qiyin, lekin bundan bir necha yillar oldin bazi sportchilar ismi ona shahri yoki qishlog'idan tashqarida yangrashini kutgancha yo'q bo'lib ketishardi. Hozir bu boradagi vaziyat butkul o'zgargan, unga qo'shilib futbolchilarning tashqi ko'rinishi ham o'zgardi. Xo'sh, bugungi yulduzlar yoshlikda qanday bo'lgandilar?


Lionel Messi

Leo Messi – zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri. 11 yoshida u hastaligi sabab bo'yi o'smayotganini aytadi shifokorlar. Bolakayning davolanishi xarajatlarini to'lab bergan "Barselona" akademiyasi tufayli butun dunyo bugun iqtidorli argentinalik o'yinlaridan zavq olmoqda.

Messi 18 yoshida "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovriniga ega chiqadi, oradan bir yil o'tib esa "Oltin to'p" uchun kurashda kuchli uchlikdan joy egallaydi. SHu vaqtlarda Leo Argentina yoshlar termasi safida ham tepa boshlaydi. Argentina yoshlar o'rtasida JCH-2005, keyinro "Olimpiya o'yinlari—2008"da g'olib chiqishiga katta ulush qo'shadi.


NeymarNeymarni necha yildan buyon ham maydondagi, ham uning tashqarisidagi qiliqlari, og'ir xarakteri sabab tanqid qilishadi. Futbolchining muammolarini aksariyat vaziyatlarda uning otasi hal qiladi. Boshqalarning fikricha esa ota Neymar farzandi kamoli, uning qiziqishlari, xohishiga qarab emas masalaning moddiy tomonidan kelib chiqib qaror chiqaradi. 14 yoshida braziliyalik tomonlar kelisha olmagani tufayli "Real Madrid"ga o'ta olmay qoladi. Taqdirning turli "sovg'alariga" qaramay, futbolchi tez suratlarda o'yinini kuchaytirib boradi. Og'ir xarakterini esa avval boshidan yashirmagan. "Santos"dayoq Neymar penalti tepish imkoniyatini bermagani uchun murabbiyi bilan janjallashgan.

2011 yil Neymar kimsan Messi va Runini ortda qoldirib "Yilning eng yaxshi goli muallifi" sovrinini qo'lga kiritadi. "Barselona"dagi ilk mavsumdan so'ng Neymar dunyoning eng kuchli uch futbolchisidan biri deb etirof etiladi.


Janluiji Buffon

Buffon bir emas, bir nechta avlod vakillari muxlislik qilgan afsonaviy posbon hisoblanadi. Qizig'i, u avvaliga yarim himoyachi bo'lgan. 14 yoshida Jiji "Parma"ga o'tadi va vaziyat taqazosi tufayli darvozabon o'rnini egallaydi. Ikki hafta o'tib esa u jamoaning asosiy posboniga aylanadi.

2006 yil Buffon "Yuventus" bilan birga B Seriyaga tushib ketadi. Turinliklar safida Janluiji butun dunyoga tanildi, keyinroq Jahon chempioni va dunyoning eng kuchli posbonlaridan biriga aylandi. 


Moxamed Salax

Salax "Liverpul" bilan birga yangi tarix yozmoqda. Ammo Misrning kichik bir qishlog'idan chiqqan yigitcha bu darajaga etib kelishi oson bo'lmadi. 14 yoshida bo'lajak yulduz mashg'ulotlar o'tadigan shaharga to'rt soat yo'l yurib borardi. Futbol sabab o'qish ham qolib ketgandi, lekin barchasi bekor ketmadi. 19 yoshida Moxamed SHveycariyaning "Bazel" klubi skautlari etiboriga tushadi. U Evropaga yo'l olganda hali juda yosh edi.

Yaqin SHarq uchun Salax katta ahamiyatga ega. Futbolchi bir necha bor Misr xalqiga yordam bergan va mamlakat iqtisodiyotini qutqargan. Bu kabi harakatlari natijasi o'laroq misrliklar prezidentlik saylovlarida futbolchiga ovoz berishgan.


Robert Levandovski

Levandovski 2008 yil kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. O'shanda futbolchi Polsha chempionatining ikkinchi to'purari edi. "Borussiya Dortmund"ga o'tganidan keyin ko'plab gollar urishiga qaramay Robertni tanqid qiladiganlar etarlicha topilardi. Keyinchalik hujumchi "Bavariya"ga o'tadi. ECHLda "Real"ga bir o'yinda 4 ta gol urgan Leva Germaniya chempionati o'yinlaridan birida 9 daqiqa ichida 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Antuan Grizmann

Grizmann faoliyati ancha qiziqarli desak mubolag'a bo'lmaydi. Taxminan olti yil davomida futbolchi Francuz futboli grandlari akademiyasiga kirishga urinadi, ammo qayta-qayta omadsizlikka uchraydi. Faqatgina 14 yoshga to'lganidan so'ng bolakayni "Manpele"ga futbolchi etishmayotgani sabab qabul qilishadi. Iqtidorini namoyish etgan Antuanni keyinroq "Real Sosedad" akademiyasiga olib ketishadi. U erda futbolchi dadil qadamlar bilan professional futbolchi darajasiga qadar etib boradi va asosiy jamoa bilan shartnoma imzolaydi. 

Ispaniyada katta bo'lgani sabab Antuan Franciya yoshlar termalari murabbiylari etiboridan chetda qoladi. 2010 yilga kelibgina Grizmann milliy termaga taklif oladi. Navbatdagi yirik musobaqada 2016 yil Grizmann Franciyani Evropa chempioni qiladi.


Krishtianu Ronaldu

Krishtianu metin irodasi va o'ta tartibliligi bilan ham mashhur bo'lgan. Lekin Ronaldu har doim ham bunday bo'lmagan. Bolaligida portugaliyalik ko'p urishardi: bir marta u o'qituvchisiga stulni uloqtirgani uchun maktabdan xaydaladi. "Sporting" akademiyasida ham Krishtianu qoidalarni buzishni yaxshi ko'rardi. U erda Ronaldu o'zi foydalangan idishlarni yuvishdan bosh tortgan va xalqaro musobaqada qatnashishdan quruq qolgan.

"Manchester Yunayted"ga o'tishi portugaliyalikning faoliyatidagi eng muhim qadamlardan biri edi. Futbolkadagi 7-raqam esa masuliyatni oshirardi. Oradan bir yil o'tib Krishtianu milliy termadan taklif oladi va debyut mavsumidayoq Evro-2004 kumush medallarini qo'lga kiritishda Portugaliyaga katta yordam beradi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика