Masharipovni sotib olgan klub Saudiya Arabistoni Superkubogini qo'lga kiritdi
31 jan 2021 10:26
Yangiliklar


Masharipovni sotib olgan klub Saudiya Arabistoni Superkubogini qo'lga kiritdi
Unda "Al Hilol" va "Al Nassr" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. Ar Riyodda o'tgan bahsda "Al Nassr" 3:0 hisobida zafar quchdi.
Malumot uchun, "Al Nassr" "Paxtakor"dan Jaloliddin Masharipovni sotib olgan va BAAning "SHabab Al Ahli" klubiga ijaraga bergan.
"Al Hilol" - "Al Nassr" 0:3
Gollar: Petros 61, Hamdallah 82, Sami Al Najei 90+2.
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya).
"Al Hilol": Al Mayyuf, Jahfali (Al SHehri, 74), Al SHahroni, Jang Xyun Su, Al Burayk (Al Davsari, 84), Jovinko (Karilo, 46), Kuelyar, Al Faraj (Kanoo, 26), Al Davsari, Gomis, Vetto.
"Al Nassr": Bred Jons, Madu, Sulton Al G'annam, Al Xalaf (Ali Alavjami, 64), Al Amri, Petros, Al Gamdi (Gonsalo Martinez, 63), Al Sulayhim (Al Haybari, 90+3), Al Hassan, Amrabat (Al Najei, 80), Xolid Al G'annam (Hamdallah, 64).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar