Masharipovga Saudiya Arabistoni klubidan rasmiy taklif keldi
15 dek 2020 15:49
Yangiliklar


Masharipovga Saudiya Arabistoni klubidan rasmiy taklif keldi
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi legionerga aylanishi mumkin.
Championat.asia malumotiga ko'ra, Jaloliddin Masharipovni transferi borasida Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubidan "Paxtakor"ga rasmiy taklif kelgan. Hozircha "SHerlar" bu taklifga qanday javob qaytarishlari malum emas.
Malumot uchun, "Al Nassr" yakunlangan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi va OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Bu klub safida Abdulrazzoq Hamdallah, Nurdin Amrabat, Bred Jons, Maykon va Kim Jin Su kabi legionerlar bor. Jamoa ustozi portugaliyalik Ruy Vitoriya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar