So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

“Mashal”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o'ylaganimda O'zbekistonga kelmasdim" Yangiliklar

“Mashal”ning nigeriyalik legioneri: "Agar pulni o'ylaganimda O'zbekistonga kelmasdim"

Muborakning “Mashal” jamoasi yangi mavsum oldidan ikki nafar afrika qitasi vakillari bilan shartnoma imzoladi.

Kamerunlik Ella Ken Armand va nigeriyalik Ifeani Ifeani. Nigeriya fuqarosi bo'lgan Ifeani birinchi turda “Sug'diyona”ga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va chakki taassurot qoldirmadi. Yaqinda ushbu futbolchi bilan bog'lanib klub haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Mashal” ajoyib klub. Menga bu jamoa qiziqarli tuyuldi. SHuning uchun hozirda ijobiy fikr bildirishim mumkin. Jamoa rahbarlari, murabbiylari va futbolchilar o'rtasidagi aloqa samimiy ekanligini ko'rdim. Ahillik va ishonch bory joyda o'sish kuzatiladi. Ushbu jamoaning taklifini qabul qilishimning asosiy sababi klub direktori meni jamoasida ko'rishni istadi. Agentlarim O'zbekistondan qiziqish borligini aytishdi. Moliyaviy tomonini o'ylaganim yo'q. Agarda pulni o'ylaganimda bu erga kelmasdim.



O'zbekistonga kelgunimga qadar chempionat darajasi va saviyasi past deb o'ylardim. Lekin, ko'rib vaziyat va holat butkul boshqacha ekanligiga guvoh bo'ldim. Ochig'i, jamoalarning o'zaro kurash olib borishi, stadionlarga ko'plab muxlislarni tashrif buyurishi hayron qoldirdi.

Xorijdagi aksariyat uchrashuvlar bo'sh stadionlarda o'tadi. CHempionatning ochilish o'yinida murabbiy menga ishonch bildirdi. Hayajon va bosimni engib maydonga tushdim. Debyut o'yin men uchun muvaffaqiyatli o'tdi. “Bunyodkor” bilan bahsga tayyorgarlik ko'rish jarayonida jarohat oldim, shu sababli qolgan o'yinlarda ishtirok etmadim. Hozir yaxshiman”, - deydi Ifeani.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика