So’nggi yangiliklar

01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  6 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  6 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  13 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  338 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3

“Mashal”ning hujjatdagi bosh murabbiyi yoxud Zoir To'raqulov bilan suhbat Yangiliklar

“Mashal”ning hujjatdagi bosh murabbiyi yoxud Zoir To'raqulov bilan suhbat

Xabaringiz bor, joriy mavsumdan buyon “Mashal” jamoasi yana o'z ishtirokini Superligada davom ettirmoqda.

Muxlislarga yaxshi malumki, muborakliklarning uzoq yillik murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'tgan mavsum “Andijon” klubiga o'tib ketgach, boshqaruv postida uning yaqin yordamchisi bo'lib kelgan Asror Aliqulov qolgandi. Biroq “gazchilar” rahbariyati Aliqulov bilan bu yil hamkorlik qilishni istamadi. Garchi “Mashal” Asror CHorievich boshchiligida o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajargan bo'lsada, bu yil bosh murabbiylik rolida Dilyaver Vaniev gavdalanmoqda. Ammo shunisi ham boorki, jamoaning xujjatdagi bosh murabbiyi Zoir To'raqulovdir. Ilgari murabbiy sifatida asosan “Nasaf” va “SHo'rtan” kabi jamoalardagi faoliyati orqali ishqibozlarga yaxshi tanilgan To'raqulov yana katta saxnaga qaytdi. Yaqinda qashqadaryolik mutaxassis bilan suhbatlashib, bir qancha mavzularni qamrab oldik.

- To'g'risini aytganda, intervyu berib, baland parvoz gaplarni gapirishdan ko'ra, o'z ishimni amalda puxta bajarib, ko'zlangan natijaga erishishni xohlayman – deya gap boshladi Zoir To'raqulov. - 2016 yildan buyon “Mashal” futbol klubi tizimida faoliyat olib boryapman. “SHo'rtan” jamoasidan ketganimdan so'ng, Muborak jamoasidan taklif tushdi. Aniqrog'i klub bosh direktori Ilhom Qurbonov meni akademiyada katta murabbiy sifatida ishlash yuzasidan ishga chorladi. Hech ikkilanmasdan rozi bo'ldim va mana beshinchi yildirki, klub tizimida mexnat qilib kelmoqdaman.

- “SHo'rtan” jamoasidagi faoliyatingiz ham yomon kechmayotgan edi. U erdan ketishingizga nima sabab bo'lgandi?
- G'uzorda moliyaviy imkoniyatlar pasayib ketgan paytlar edi. SHaroitlar kamtorana bo'lib borayotgandi. SHunga qaramay “SHo'rtan”ni kurashchan jamoa sifatida shakllantirgandik de hisoblayman. Ammo u erda stadion direktori klubning ichki ishlariga aralashib, o'z fikrini o'tkazib kelardi. Menimcha hech qaysi murabbiyga chetdan birovning tarkibga aralashishi sira yoqmaydi. Men ham chidab-chidab kelgandim. Baribir xunob bo'ldim. Keyin shartta ishdan ketish yuzasidan klubning o'sha vaqtdagi rahbari SHodi Namozovga malum qilib, arizamni yozishga majbur bo'lgandim.


- Bu yil “SHo'rtan” klubi rahbariyatida o'zgarishlar amalga oshirildi. G'uzor jamoasini yaxshi biladigan mutaxassis sifatida Sizni ham qaytarish bo'yicha taklif qilishgandir?

- Darhaqiqat klub bosh menejeri etib tayinlangan SHamil Yarulin meni jamoaga qaytishim kerakligini aytib, taklif bilan chiqqandi. Ammo men stadion direktori Suvonqul akani hamon o'z lavozimida ishlab kelayotganini bildirib, ularning taklifini rad etdim. SHunda menga SHamil Yarulin stadion direktori bilan alohida o'tirib, suxbatlashib oldik, agarda shu kabi xolatlar yana takrorlansa xayrlashishg to'g'ri kelishini malum qilib, ogohlantirganini aytdi.

- “Mashal” bosh murabbiy sifatida bu yil Zoir To'raqulovni ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsada, amalda jamoani Dilyaver Vaniev boshqarayotgganini ko'rmoqdamiz. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Bilasizmi xozirgi kunda O'zPFL talabiga ko'ra, Superliga klublarining bosh murabbiylarida PRO murabbiylik licenziyasi bo'lishi shart etib belgilangan. “Mashal” jamoasini esa yangi mavsumga Dilyaver Vaniev tayyorladi. Ammo unda hozircha PRO licenziyasi mavjud emas. Men esa PRO licenziyasini 2015 yili qo'lgan kiritgandim. SHu bois klub rahbariyati bilan o'zaro maslahatlashgan xolda, bosh murabbiy sifatida meni ro'yxatdan o'tkazishlariga rozilik bildirdim. Asosiysi men klub tizimida o'z sevgan kasbim bilan ishlab kelmoqdaman.

- O'yinlar chog'ida zaxira o'rindig'idan joy egallaysizmi?
- Albatta. Uchrashuvlar paytida o'zimni maslahatlarimni bevosita berib boraman. Lekin asosiy tarkib mashg'ulotlarini hozircha chetdan kuzatib bormoqdaman.

- “Mashal”da hozir asosiy vazifangiz nimalardan iborat?
- Rahbariyatning topshirig'iga binoan, muboraklik taniqli bolalar murabbiyi Dilshod Andaev ikkimiz bu yil U-18 va U-21 jamoalarini shakllantirdik. Hozircha shu ikki jamoa faoliyati bilan mashg'ulman. Andaev bilan maslahatlashgan xolda, almashib-almashib yoshlar jamoa mashg'ulotlarini birgalikda olib boramiz.

- “Mashal” so'nggi ikki mavsumni PRO-Ligada o'tkazdi. Bundan paytda xohlaysizmi yo'qmi jamoa bir qator yosh iqtidorlarini yo'qotadi. Ularning barchasinii tarkibga qo'shib olishning imkoni bo'lmaydi. SHu bois bu yil yoshlar jamoalarini shakllantirib borish qiyin bo'lmadimi?
- “Mashal” U-18 jamoamiz tarkibi asosan 2002-2003 yillarda tavallud topgan futbolchilardir. Ttarkibda boshqa viloyatdan kelgan yigitlar ham bor. Qishki o'quv-yig'inlar chog'ida kimningdir tavsiyasiga ko'ra yoki boshqa jamoada o'ynab, xududiy selekcioner murabbiylarimizning etiboriga tushgan iqtidorli futbolchilarni sinovdan o'tkazdik. Maqul kelganlari bilan shartnom imzolandi. CHempionatdagi ilk o'yinimizni kuzatgan klub bosh direktori Ilhom Abdug'anievich uchrashuvdan keyin ayrim futbolchilar bilan professional shartnoma tuzib, ularga oylik maosh berib borilishini malum qildi. Xuddi shu tartibda, “Mashal” U-21jamoasini tuzdik. Maqtanishga yo'ymang-u, yaqin orada “Mashal” yana o'z tarbiyalanuvchilari hisobiga natija ko'rsatishni boshlaydi. Asosiysi bu erda to'g'ri tizim yo'lga qo'yilgan.


- Yoshlar jamoalari oldiga rahbariyat tomonidan qanday vazifa qo'yilgan?
- Maqsadimiz asosiy tarkibga munosib o'yinchilarni etkazib berish. Har bir o'yinda g'alaba qozonib, chempion bo'lasan degan vazifa yo'q.

- “Mashal” akademiyasida malum muddat ishlagan mutaxassis sifatida aytingchi, bolalar futbolidagi kamchiliklar haqida fikringiz qanday?
- “Mashal” akademiyasi ayrim sabablarga ko'ra, biroz muddat o'z faoliyatini to'xtatgach, turli xil mish-mishlar tarqala boshladi. Yaratganga shukur, mexanizm yana ishga tushdi. Hozircha hammasi yaxshi. Muborakda boshqa viloyatdan kelgan bolalar ham talaygina topiladi. Ular bilan murabbiylar astoydil ishlamoqda. Akademiyada katta murabbiy sifatida hamkasblarimga yo'l-yo'riq ko'rsatib, o'zimni maslahatlarimni berib boraman. Bolalar futbolida yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham yo'q emas albatta. Misol uchun ayrim viloyatdagi bolalar murabbiylari natija ketidan quviydi. Misol uchun o'tgan yili boshqa viloyat jamoasidan akademiyamizga ravib jamoa keldi. Ismini aytmaganim maqul, o'sha murabbiy menga yutuq kerak, sababi hozir yutsam, oylik maoshimda ko'tarilish bo'ladi deya dangal gapirib, meni ajablantirdi. “Mashal” rahbariyati hech qachon akademiya murabbiylaridan natija talab qilmaydi. Boshqa joylarda hozir murabbiylar shunga odatlanib qolgan. Buning natijasida suniy o'sish kuzatilmoqda.

- “Mashal”da bu yil beshinchi mavsumni o'tkazmoqdasiz. Aftidan Muborakdagi sharot-sharoitlar sizni to'liq qoniqtirmoqda. SHundaymi?
- Ha, “Mashal”da yuqorida aytib o'tganimdek tizim yo'lga qo'yilgan. Rahbariyat tomonidan etibor yaxshi. Ishlash uchun sharoit bor. CHin dildan ishlash kerak xolos. SHaxsan men bu erdagi faoliyatimdan rohatlanaman. Uyimga ham yaqin. Vaqti vaqti bilan oilamdan xabar olgani borib turaman.

- Bir necha yillardan keyin yana katta futbolga qaytdingiz. Endilikda Superliga uchrashuvlarini kuzatib borayotgan bo'lsangiz kerak?
- Imkon qadar har bir o'yinni qoldirmasda ko'rib borishga xarakat qilaman. Menga ko'proq, “Bunyodkor” va “Nasaf”ning o'yin uslubi yoqmoqda. Bu jamoalarning tarkibi yoshlardan iborat bo'lsada, chiroyli o'yin namoyish etayotganini alohida etirof etish lozim.

- Mavzudan biroz chetga chiqamiz. Farzandlaringiz ham sizning ortingizdan borib, futbolni tanlagan. Hozirda ular nima bilan band?
- To'ng'ich o'g'lim, Akmal To'raqulov hozirda “Mashal” akademiyasida bolalar murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Keyingi o'g'lim – Sanjar esa so'ngg paytlarda futbolchilik faoliyatini xorijda davom ettirayotgandi. Bu yil uni “SHo'rtan”ga taklif etishgan. Hozirda G'uzor jamoasida shug'ullanib yuribdi.

Fayzulla suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика