"Mashal"da SHukurovning Germaniya taassurotlari haqida tadbir bo'lib o'tdi (FOTOGALEREYA)
29 may 2014 20:42
Yangiliklar
"Mashal"da SHukurovning Germaniya taassurotlari haqida tadbir bo'lib o'tdi (FOTOGALEREYA)
Bugun "Mashal" klubi futbol akademiyasida yaqindagina Germaniyaning "Hoffenhaym" klubida ko'rikda bo'lib qaytgan futbolchimiz Otabek SHukurov bilan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari o'rtasida muloqot bo'lib o'tdi.
Bugungi muloqotda akademiya tarbiyalanuvchilari, murabbiylar, klub rahbariyati ishtirok etdi.
Dastlab klub bosh direktori Ilhom Qurbonov akademiya tarbiyalanuvchilariga Otabek SHukurov Germaniyada ko'rikda bo'lib qaytgani borasida fikrlarini bildirib SHukurovni taklif etdi.
SHukurov Germaniya taassurotlari haqida dastlabki fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng menga murabbiylarim orqali qo'ng'iroq qilishdi va menga Germaniya klubida o'ynashni istaysanmi deb so'radi. Bu taklifni hech qanday o'ylamay albatta deya javob bergan edim. Germaniya klubi vakillari O'zbekistonning barcha uchrashuvlarini stadiondan bevosita kuzatib bordi. Jahon chempionati yakunlanishi bilan Germaniyaga taklif etdi. Bazi muammolar tufayli ko'rikka borish kechiktirildi. Germaniyalik agent hujjatlar bo'yicha barchasini tayyorlagan zahotim klubga borishimni so'radi. Hujjatlar ham shu yilning mart oyida tayyor bo'ldi. SHunday so'ng bir oy davomida Germaniya Bundesligasi vakili "Hoffenhaym" klubida bo'lib qaytdim.
Taassurotlar juda ham ajoyib. Men faqat bir gapni aytishim kerak. U erda mashg'ulotlarga hatto rasmiy o'yindan ham jiddiyroq qaraydi. Jismoniy mashg'ulotlardan ko'ra texnikaga etibor yuqori. Texnikasi bor futbolchini ham ruhiy , ham jismoniy tayyorlay oladi. O'yinlar va mashg'ulotlar oldidan ruhshunoslar har bir futbolchi bilan alohida ish olib boradi. Mashg'ulotlardan kim kuchliroq bo'lsa, o'sha maydonga tushdi. Bir o'ndan ziyod uchrashuvlar o'tkazdik. SHahar chempionati, mamlakat yoshlar chempionati (U-19)da ishtirok etib o'zimga xulosalar oldim." , - deydi Otabek SHukurov
- Klubda yaratilgan sharoitlar borasida ham aytib o'tsangiz?
Hammasi futbol uchun qaratilgan. Faqat futbol muhiti va barcha sharoit keragidan ham ortiq. Istagan vaqtda va istagan stadionda mashg'ulot olib borish va boshqa sharoitlar yaratilgan. SHahar kichik bo'lsa ham minglab muxlislariga ega. Klub tarixi ham boy ekan. Undan tashqari bu jamoa doimo evroligalarda ishtirok etish uchun kurashadi. Kim o'z o'yinini topib ketsa, tezda asosiy tarkibga qo'shiladi. Yoshlarga etibor juda katta.
- Murabbiylar ko'rik oxirida qanday xulosa berdi?
Hali yana ko'rik bo'ladi. Hozirda shunga tayyorlanayapman. Murabbiylar esa ijobiy xulosa berdi deb o'ylayman. Negaki men bilan bir vaqtda borgan besh futbolchiga muddati yakuniga etishi bilan javob berildi. Menga esa yana hech bo'lmasa o'n kun qolishimni so'radi. Jamoaga moslashim olsam, qiyinchilik bo'lmasligini aytdi.
- Til borasida jiddiy muammolar ko'zga tashlandimi ?
Albatta muammo bo'ldi. Mashg'ulotlar nemis tilida olib boriladi. Ko'p qismi inglis tilida ham boradi. Inglis tilida malumotim bo'lganligi uchun gaplashish va muloqotga etib turdi. Agar kim Evropa klublarida o'ynashni istasa kamida inglis tilida bemmalol gaplashishni bilishi kerak ekan. Tengdoshlarim bilan qiyinchilik bilan bo'lsa ham gaplashib turdim. Amerika va Evropaning boshqa mamlakatlaridan futbolchilar ko'p ekan. Faqatgina rus tilini biladigan bitta Armanistonlik bola bilan doimiy muloqotda bo'ldim. Mashg'ulotlar nemis tilida olib borilganda futbolchilarga qarab yoki tushunchalarim bo'yicha ish olib boraman.
SHundan so'ng SHukurov akademiyaning kichik guruhlariga Germaniyada o'rganib qaytgan tajibasidan qisqacha ko'rsatmalar bilan o'rtoqlashdi. Stadionda esa bu ko'nikmalarni amalda qo'llash borasida chiqishni ko'rsatib, kichik guruh tarbiyalanuvchilariga to'p bilan ishlash mashg'ulotlarni ko'rsatib berdi.
Bugungi kichik tadbirdan fotolavhalarni tomosha qiling:

Fikrlar