So’nggi yangiliklar

14:44"Бетис" "Барселона" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:19"Локомотив" сўнгги бор Самарқандда "Динамо"ни қачон ютган?  0 13:56"Барселона" XX асрда қайд этган ажойиб бир натижасини яхшилади   1 13:27Артета: "Футболчиларим билан фахрланаман"  1 12:25"Олимпик" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин   2 12:18U-20 Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан ўйнайди  15 12:04U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонга аввалги мусобақаларда гуруҳда қайси терма жамоалар рақиб бўлган?  2 11:51Луис Энрике: "Натижа адолатли бўлмади. Биз "Атлетико"дан кучлироқ эдик"  4 11:30Катанец нега айнан Адҳамзодани чақирди?  30 11:10Ришарлисон жароҳат сабаб "Тоттенхэм"нинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади  0 10:45"Манчестер Сити" захира дарвозабони Ортега илк бор Германия термасидан чақирув олди  1 10:24Суперлига. Абрамов бугун собиқ жамоасига қарши, "Олимпик" Олмалиқда меҳмон   0 10:21"Ливерпуль" ва "Челси" "Вулверхэмптон" ҳимоячиси учун курашади  0 09:52Палмер "Арсенал"га қарши ўйнай олмаслиги мумкин  2 09:30Бугун U-20 Осиё кубогига қуръа ташланади!   9

Mashalchilar Braziliyada kimga muxlislik qilmoqchi? Yangiliklar

Mashalchilar Braziliyada kimga muxlislik qilmoqchi?

Yana bir haftadan so'ng Braziliyada katta futbol bayramiga start beriladi.
To'rt yilllikning orziqib kutilgan kunlari boshlanishiga kam qolayotgan bir vaqtda har bir futbolga befarq bo'lmagan inson o'zi uchun sevimli jamoani qo'llab-quvvatlaydi. JCH-2014 oldidan biz ham klubimiz azolariga "Qaysi jamoaga muxlislik" qilasiz?" - mazmunida savol berdik.

Javoblar esa quyidagicha:

Aleksandr Xomyakov ("Mashal" klubi bosh murabbiyi): O'zim Italiya muxlisiman. Braziliyada ham ushbu jamoani o'yinlarini kuzatib boraman. Ayni bir futbolchisini emas , butun jamoa o'yinlarini ko'raman.

Maqsud Irisboev ("Mashal" klubi katta murabbiyi): Rossiya terma jamoasi o'yinlarini qoldirmay ko'rishga harakat qilmoqchiman. Rossiya yaxshi natija ko'rsatsa kerak. Futbolchilardan Xalqdan yorqin o'yin kutaman.

Jamshid Saidov ("Mashal" klubi yordamchi murabbiyi): CHempionatda mezbonlar favorit. Ularning tarkibi ham , maydonida harakat qilayotgani ham katta kuch.  Braziliyadagi chempionatda maydon egalari vakili Neymar porlaydi deb o'ylayman.

Pavel Sinelnikov ("Mashal" klubi darvozabonlar murabbiyi): Ispanlarda bu chempionatni ham yutib olish imkoniyat yuqori. Negaki ayni vaqtda Ispaniya tarkibi ishtirokchilar o'rtasida eng kuchli tarkibga ega. Futbolchilarga keladigan bo'lsak, albatta o'zim darvozabonni tanlayman. Kasilyasning barcha o'yinlari va harakatlarini kuzataman.

Dilyaver Vaniev (Futbolchi. Jamoa sardori) : Rossiyaga befarq emasman va muxlislik qilaman. Ramosdandan esa har doimgidek yorqin o'yin kutaman.

Zohir Qo'ziboev: Rossiya terma jamoasi va Alan Zagoev o'yinlarini kutmoqdaman.

Xolmurod Xolmurodov: Messi to'purar bo'ladi. Argentina esa chempionatda kamida finalgacha borishini kutaman.

Javohir Ilyosov: Yaponiya terma jamoasi Osiya jamoalari ichida eng yaxshi natija ko'rsatsa kerak. SHu jamoani o'yinlarini ko'raman. Xondani o'yinlariga muxlisman.

Siroj Hamroev: Terma jamoalardan Braziliya eng kuchlisi va chiroyli o'yin ko'rsatadigan jamoa. David Luizni harakatlarini kuzataman.

Eldor Ergashev: Germaniyaga muxlislik qilaman. Ular qiyinchiliksiz kamida finalga etib borsa kerak. Maroi Gyotse porlab chiqadi.

Muydin Mamazulumov: Ispaniya chempionlik uchun ikki nomzoddan biri. Ulardan ko'rsatayotgan o'yini hammani lol qiladi. Torresdan kamida o'tgan chempionatdek o'yin kutaman. Torres uchun atalgan chempionat bo'lishi kerak.

Qahramon Bahodirov: Har doim Braziliyaga muxlislik qilganman. Bunga sabab Ronaldo edi. SHunday ekan hamon Braziliyadan chempionlik kutaman. CHempionatda qatnashadigan futbolchilardan esa Ronaldu "Oltin to'p" uchun yana bir katta imkoniyat borligini biladi. SHu bois undan juda ham kuchli o'yin kutmoqdaman.

Andrey Derkach: Ispaniya terma jamoasi bu yilda ham chempionlikni saqlab qolishi mumkin. Xavidek futbolchisi bor jamoa chempion bo'la oladi.

Bahodir Murtozaev: Messi uchun atalgan chempionatni kutayapman. Argentinaga muxlislik qilaman.

Otabek SHukurov: Mezbonlar hammadan kuchli tarkibga ega. Braziliyaga befarq emasman. Luizni o'yinlarini kuzataman.

Jahongir Abdumo'minov: Ronalduning o'yinlari va Portugaliyaga muxlislik qilaman.

Sanjar Quvvatov: Kasilyasning har bir o'yinini ko'raman. Albatta Ispaniya terma jamoasidan chempionlik kutaman.

Ixtiyor Toshpo'latov: Portugaliya terma jamoasini o'yinlarini kutaman. Agar finalga chiqa olsa Ronalduga "Oltin to'p" uchun katta imkoniyat bo'ladi. Ronaldu jamoasini bir o'zi etaklay oladi.

Jamshid Hasanov: Ronalduning o'yinlarini har birini ko'raman. Portugaliyadan esa yorqin o'yin kutaman.

Botir Nosirov: Germaniya terma jamoasi favorit. Eng kuchli futbolchi esa Noer bo'lishi mumkin.

Mirzohid G'ofurov: Ispaniya terma jamoasini o'yinlarini kuzataman. Messidan esa eng kuchli o'yinni kutaman.

G'iyosjon Komilov: Braziliya terma jamoasi o'yinlarini ko'rib boraman va muxlislik qilaman. Futbolchilardan esa himoyachi bo'lgan Ramosdan kuchli o'yin kutmoqdaman.

SHerzod Fayziev: Braziliya shubhasiz favorit. Ular chempion bo'lishini kutaman. Tiago Silva uchun yorqin o'yinlar bo'lsa kerak.

Eldor SHomurodov: Argentina va Kot-d-Ivar terma jamoalarini o'yinlarini ko'raman. Drogba esa nafaqat Afrika qitasidagi balki Evropadagi eng kuchli hujumchi ekanligini isbotlashi kerak.

Abbos SHodmonov: Messi terma jamoasidan ham kuchli o'yin ko'rsata oladi. Buni isbotlashi uchun katta imkoniyat. Argentina o'yinlarini ko'raman.

Bu "Mashal" azolarining mundial oldidan fikrlari edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика