So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Mashal": Tayyorlov guruhlari. 7-turda bir g'alaba, bir durang Yangiliklar

"Mashal": Tayyorlov guruhlari. 7-turda bir g'alaba, bir durang

Teglar :  Mashal
Xabaringiz bor, 1999-2000, 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat tayyorlov guruhlari o'rtasida mamlakat birinchiligi bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning 6-guruhidan joy olgan jamoalar o'rtasidagi bir uchrashuv bugun Navoiy viloyatida bo'lib o'tdi. Ikkinchi bosqichning so'nggi 7-tur bahsi “Qizilqum”(Navoiy)-“Mashal”(Muborak) jamoalari tayyorlov guruhlari o'rtasida bo'ldi.

1999-2000 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat tayyorlov guruhlari o'rtasidagi bahsda ikki jamoa jangovor 2:2 hisobidagi durangga rozi bo'lishdi. Mikola Lapa shogirdlarining gollariga Siyovush Yoqubov va Doniyor Umarov mualliflik qildi.

2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvlari esa qizg'in va murosasiz kechdi.

Jonibek Egamberdiev va Ikrem Repatov shogirdlari bo'lgan yosh "mashal”chilar safarda o'zlarining ajoyib uchrashuvlaridan birini o'tkazishdi. Muboraklik yosh charm to'p ustalari Navoiylik tengdoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi, ular tenqurlariga nisbatan 2:0 hisobida ustun kelishdi. Gollarni Normirzaev va G'offorovlar kiritdi.

Eslatib o'tamiz, birinchi davrada “Mashal” jamoasi o'z maydonida “Qizilqum”ga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba nashidasini surgan edi.

Muboraklik yosh futbolchilar safardagi muhim g'alabadan so'ng 16 ochko bilan turnir peshqadamiga aylanib olishdi.

Tayyorlov guruhlari o'rtasida so'nggi tur bahslari 17 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. SHu kuni tayyorlov jamoalarimiz Qarshida "Nasaf" o'smirlariga qarshi maydonga chiqadi va guruhlar yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика