So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  1 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  279 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

Mashal tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Mashal tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Teglar :  TanishtiruvMashal
Kecha Mashal jamoasi, jamoaning yangi mavsumda klub sharafini himoya qiladigan yangi vakillarini tanishtirib o'tdi.

Marosimda klub mutasaddi rahbarlari, jamoa murabbiylari hamda muxlislar klubi vakillari ishtirok etishdi. Tanishtiruv marosimida Mashalning yangi azolariga raqamlar tushurilgan yangi liboslari topshirildi.



Unga ko'ra, Sardor Rahmonov 3, Igor Timonyuk 31, Abdulloh Olimov 77, Bobur Qosimov 22, Jamoliddin Ubaydullaev 9, Umedjon SHaripov 63, Asiljon Begimqulov 44-raqamda uchrashuvlarda maydonga tushishadi.



SHuningdek jamoa bu mavsumda ham, Belgiyaning Patrick firmasi brendi tushirilgan liboslardan foydalanishadi.

Sardor Rahmonov: Ochig'i yana Mashalda ekanimdan juda baxtliman, jamoaga qaytganim eng katta baxtimdir. Men uchun bu jamoa begona emas, axir Mashal meni tanitdi haqiqiy professional qilib etishtirdi. Yangi mavsumda menga bildirilgan barcha ishonchlarni oqlayman va muboraklik jonkuyar muxlislarimizni quvontiramiz.



Abdulloh Olimov: Muborakda ekanimdan baxtliman Mashalga kelib xato qilmadim, chunki bu jamoaning o'z tarixi, o'z mavqei bor. Bugun, o'zbek futboling ko'plab yulduzlarining faoliyatiga Mashal mehnatlari beqiyosdir. Yangi mavsumda jamoa bilan yangi marralarni zabt etamiz xudo xohlasa. Faqat bizni suyanchig'imiz bo'lgan muxlislarimiz bizni qo'llab turishsa bo'ldi.



Bobur Qosimov: Men Mashalning barqaror jamoaligini, har qanday raqibni muammolar girdobida qoldirishiga ishonaman. Bir so'z bilan aytadigan bo'lsam Mashal safida yaxshigina o'sishimga ishonaman va jamoamizga yangi mavsum davomida omad hamroh bo'lishini tilab qolaman.



Umedjon SHaripov: Avvalo qardosh va qo'shni yurt bo'lgan butun, o'zbek xalqini yaqinlashib kelayotgan Navro'z bayrami bilan chin ko'nglimdan tabriklayman. Azal-azaldan ikki qo'shni yurt xalqi bir biriga do'st va qadrdon bo'lib kelgan. SHuning uchundir balki men Mashal safida oldindan, ancha yil to'p tepgandekman. Muborak menga begonadek tuyulmayapti, faoliyatimda biroz pasayish bo'ldi. Men buni albatta o'zgartiraman va hali Mashal bilan buni isbotlayman.



Jamoliddin Ubaydullaev: Yangi jamoam menga juda katta ishonch bildirdi. Endi shunday ishonchi oqlamasam bu katta hurmatsizlikdir. SHunday ekan, muboraklik muxlislarni xudo xohlasa albatta quvontiramiz. O'ylaymanki uzoq vaqtlar mobaynida “gazchilar” tarkibida faoliyat olib boraman.



Asiljon Begimqulov: Mashal klubiga kelganimdan xursandman. Albatta muxlislarsiz jamoa, jamoa emas. Mashal kelajagi bor jamoa, chunki Mashal jamoasini poydevori akademiyasi hisoblanadi shuni bilgan xolda bu klubni tanladim.



Igor Timonyuk: Mashal jamoasiga kelganimdan xursandman. Meni jamoa azolari, rahbariyat va muxlislar iliq kutib olishdi. Jamoaga tezda qo'shilib ketdim. Mashalda raqobat juda kuchli ekanini bilaman. Mashg'ulotlar vaqtida tinmay ishlab asosiy tarkibda o'ynashga loyiqligimni isbotlamoqchiman. Muxlislarni o'z o'yinlarim bilan xursand qilaman degan umiddaman.



"Mashal" matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика