

Tribunalardagi o'rindiqlarni o'rnatish ishlari ham boshlab yuborildi. Stadionda yoritish tizimi ham qayta ko'zdan kechirilyapti. Futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari, hakamlar, nazoratchi hakam, komissar xonalari, OAV xodimlari xonalarini ham jihozlar ishlari olib borilmoqda. Futbol muxlislari uchun zamonaviy hojatxonalar xam qurib bitkazildi.
“Mashal” futbol akademiya yotoqxonalari, murabbiylar,o'quv hamda kompyuter xonalari qayta ta'mirlandi. Akademiya uchun yangi yuvinish xonasi, hojatxona va kiyim quritish honalari ham tez orada qurib bitkaziladi.
Ta'mirlash ishlaridan fotolavhalar:








