So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  4 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

O'zbekiston Kubogi. "Qo'qon-1912" Muborakda "Mashal"ni mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. "Qo'qon-1912" Muborakda "Mashal"ni mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi

Teglar :  MashalQo'qon-1912
Bugun O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" bo'lib o'tadi.

"MASH'AL" – "QO'QON-1912" 0:1

12 dekabr 2020 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion.

Gol: Ro'ziev 33.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Daler Tilloev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Aleksandr Davidenko

"Mashal": 1. Botir Nosirov, 7.Ifeani Ifeani, 8.Ibe Mishel Okoro (5.Najmiddin Normurodov 70) , SHerzod Temirov, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18. Abbos SHodmonov, 19. Sardor Abduraimov (s), 23. Samandar SHukrullaev, 29. Humoyun Murtozaev, 99. Jahongir Abdusalomov (11. Mo'min Meliev 70). 

Zahira: 30. SHohruh Eshbo'taev, 74. Asrbek Yuldashev, 3. Islom Asilbekov, 44.Xusniddin Mahmudov ,67.Zoirjon Tursunov, 71. Muhriddin Rasulov, 90. Asadbek Jo'raqulov

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev, 3. Bobirjon Akbarov, 4.Sobit Sindarov (7. SHohnazar Norbekov 67), 10.Quvondiq Ro'ziev (5. Jasur Yoqubov 78), 13.Sardor Azimov (39. Sardor Etovqo'ziev 90), 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov , 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov 70.Murod Xolmuhammedov. 

Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 37. Muxsin Normatov, 

Ogohlantirishlar: Temirov 13, SHukrullaev 26, Murtazoev 87.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. ZARBAAAA! Murtazoev rikoshetdan so'ng unga tushib qolgan to'pni yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ya olmadi. Muzaffar Abdullaev to'pni egallab oldi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarish: Azimov o'rniga Etovqo'ziev maydonga tushdi.

87. Sariq kartochka. Humoyun Murtazoev yon hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

83. Norbekov tezkor qarshi hujum ushyutirdi, ammo raqiblarni aldashga kirishgan SHohnazar to'pni oldirib qo'ydi.

79. "Mashal" raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi. Jarimadan o'yinga kiritilgan to'pni Muzaffar Abdullaev ushlab oldi.

78. O'zgarish: Quvondiq Ro'ziev shifokorlar yordamida maydonni tark etdi, uning o'rniga Jasur Yoqubov maydonga tushdi.

75. "Mashal" bir necha marta maydon markazida to'pni raqibga oldirib qo'ydi, ammo mehmonlar ushbu vaziyatdan foydalana olishmadi.

70. O'zgarish: Okoro o'rniga Najmiddin Normurodov, Abdusalomov o'rniga Mo'min Meliev maydonga tushdi.

70. ZARBA! Humoyun Murtazoevning zarbasidan so'ng "Qo'qon-1912" posboni Muzaffar Abdullaev to'pni egallab oldi.

67. O'zgarish: Sindorov o'rniga SHohnazar Norbekov maydonga tushdi.

66. Mezbonlar amalga oshirayotgan hujumlar keskinlashib bormoqda, ammo ularga so'nggi aniq zarba etishmayapti.

64. "Mashal" uyushtirgan vaziyat hujumdagi fol bilan yakun topdi.

48. Hasanovning standartdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

47. Muhammadali Aliqulov yarim maydonida qoida buzdi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Qo'qon-1912" jarima maydonchasida xavfli hujum... Muzaffar Abdullaev dastlabki zarbani qaytardi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Darvozabon ikkinchi zarbani ham to'sdi, hakam xushtak chaldi va ikkinchi zarba paytida Abdullaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb hisobladi. Biroq vaziyat gol bilan yakun topgandi.


41. "Mashal" vakillari tomonidan navbatdagi qoidabuzarlik. Ushbu foldan so'ng Quvondiq Ro'zievga tibbiy yordam ko'rsatildi. Mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov bosh hakamga etiroz bildirib, ushbu fol uchun kartochka ko'rsatish kerakligini aytdi.

38. Ofsayd! "Qo'qon-1912" tezkor qarshi hujumga o'tdi, ammo oldinroqqa uzatilgan pasdan so'ng yon hakam bayroqchasini ko'tardi.

33. GOOOL! Quvondiq Ro'ziev jarima zarbasidan hisobni ochdi. Ro'zievning zarbasidan so'ng "Mashal" posboni sho'ng'iyotgan to'pga eta olmadi.


32. "Qo'qon-1912" jarima zarbasi ishlab oldi...

31. Murod Xolmuhammedov to'pni burchakdan o'yinga kiritib berdi. Ammo posbon to'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.

26. Sariq kartochka. Samandar SHukrullaev yana bir bor qoida buzgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

24. Maydon markazida Oybek Rustamov yotibdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishdi. Hammasi joyida, futbolchi o'rnidan turdi.

21. ZARBA! Sindorovning zarbasi biroz kuchsiz bo'ldi va "Mashal" posboni to'pni osonlik bilan egallab oldi.

15. Markazda SHukrullaev Azimovni yiqitib, qarshi hujumning oldini oldi.

13. Sariq kartochka. SHerzod Temirov qoida buzgani uchun ogohlantirildi. "Qo'qon-1912" amalga oshirgan jarima zarbasi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

9. "Mashal" futbolchisi Muhammadali Aliqulov o'z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi, ammo hakam qoida buzilmaganini ko'rsatib, bahsni davom ettirdi.


3. "Qo'qon-1912" hujum uyushtirayotgan pallada to'p "Mashal" futbolchisining qo'liga tekkandek bo'ldi, ammo bosh hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Etibor bergan bo'lsangiz "Qo'qon-1912" jamoasi ushbu o'yinga kam sonli zaxira bilan etib kelibdi. Malumotlarga ko'ra, bunga jarohatlar sabab bo'lgan. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика