So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  7 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

"Mashal" - "Paxtakor" o'yini oldidan Yangiliklar

"Mashal" - "Paxtakor" o'yini oldidan

Teglar :  MashalPaxtakor
"Mashal" ertaga "Paxtakor"ga qarshi Oliy liganing 28-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Muborakda bo'lib o'tadigan mazkur bahsni ahamiyat juda ham yuqori. "Mashal" safardagi mag'lubiyatdan so'ng o'z maydonida muxlislarni xursand etishni istaydi, "Paxtakor" uchun esa qolgan har bir bahs chempionlik uchun o'tadi. SHu bois mazkur to'qnashuv turning eng qiziqarli bahslaridan biri bo'lishi kutilmoqda. O'yinni Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishi haqida xabar bergan edik. Bu uchrashuvda "Mashal" safida yo'qotishlar bor. Ogohlantirishlari soni 4 taga etgani bois Dilyaver Abibullaev maydonga tusha olmaydi. Unda tashqari SHohruh Dostonov va Abbos Omonovlar uchun ham mavsum yakunlandi. Har ikki futbolchimizda ham jarohat bor. Humoyun Murtozaev esa safga qaytgan.

Bugun yana bir qiziqarli o'yin bo'lib o'tadi. Bu yoshlar ligasi doirasida bo'lib , bu o'yin ham medallar taqdirini hal qiladi. Bugun qo'lga kiritiladigan g'alaba yoshlarimizga medallar taqdim etishi mumkin. "Paxtakor" yoshlari esa chempionlik uchun kurashni davom ettirish imkoniyatiga ega. SHu bois yoshlar ligasi o'yini ham murosasiz kechadi. Bu bahsda Muhammadali Aliqulov "Mashal" safida ogohlantirishlari soni 4 taga etgani bois maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Paxtakor" yoshlari uchrashuvi bugun 15:00 da ikkinchi maydonda, ertaga asosiy tarkib jamoalar o'yini esa 16:00 da asosiy maydonda start oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика