"Mashal" nigeriyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
03 sen 2020 14:20
Yangiliklar
"Mashal" nigeriyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
Muborakning "Mashal" klubi yaqinda "Andijon"ni tark etgan o'yinchi Maykl Ibe Okoroni o'z safiga qo'shib oldi.
"Men ushbu mavsumda "Mashal" jamoasiga kelib qo'shilganimdan xursandman va bu erda faxrli o'rinlarga davogarlik qilish uchun keldim. Nasib bo'lsa "Mashal" jamoasi bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishga harakat qilaman. Men muxlislar ishonchini albatta oqlayman", - deydi Maykl Ibe Okoro.
Futbolchi yangi jamoasida 8-raqam ostida harakat qiladi.
Fikrlar