So’nggi yangiliklar

19:16"Анже" — "Ланс". Таркиблар маълум  0 19:10"Пахтакор" — "Локомотив". Таркиблар маълум  0 18:26БАА Лига кубоги. "Ал Жазира" — "Ал Батеҳ". Ғаниев бугун дебют қиладими?   0 18:21ЦСКАнинг "Локомотив"га қарши таркиби маълум. Файзуллаев асосий таркибдами?  5 18:19Ўзимизнинг карикатура. Вадим Абрамовнинг "Динамо"сидан "оловли" ўйин  2 18:04Суперлига. "Андижон" — "Сурхон" (матнли трансляция)  8 17:50ҚПЛ. "Ордабаси" "Шахтёр" меҳмони бўлмоқда, Яхшибоев ва Умаров эса... (онлайн ҳисоб)  2 17:10"Барса" пул ва Ольмонинг келиши сабаб Гюндоганни сотмоқчи. Илкай кетмоқчи эмас (Marca)  2 16:41Фермин Лопес "қовун туширди"  2 16:17Суперлига. 14-турнинг қолдирилган 3 ўйинида ишлайдиган ҳакамлар маълум  6 15:13"Рома" бугун "Кальяри" меҳмони бўлади. Шомуродов қайдномадан жой олдими?  8 14:42U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси кутилмаганда Вьетнамга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 14:19"Барселона" шу ёзда яна иккита трансферни амалга ошириши мумкин. Клуб "Реал" собиқ ўйинчисига қизиқмоқда  2 13:14"Барселона" Канселуни "Сити"дан 20 млн еврога харид қилмоқчи, инглизлар эса...  1 12:38Гюндоган АПЛга қайтиши мумкин?!  3

"Mashal" - "Nasaf": o'zaro o'yinlar Yangiliklar

"Mashal" - "Nasaf": o'zaro o'yinlar

Birinchi davraning so'nggi turida vohamizning ikki jamoasi – “Mashal” va “Nasaf” o'zaro bahs olib boradi.


Uchrashuv 1 iyul juma kuni Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomli markaziy stadionda bo'lib o'tadi. “Derbi” soat 19:00da start oladi. Bir kun oldini yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuv, soat 18:15da boshlanadi.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'zaro o'yinlar tarixiga nazar tashlasak, “voha derbi”si maqomini olgan mazkur qarama-qarshilik har doim muxlislar diqqat markazida bo'lib kelgan. Mazkur bahs bu safar “Nasaf” uchun ham, “Mashal” uchun juda muhim sanaladi.

“Mashal” hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro o'yinlar tarixiga ko'z tashlasak, o'tkazilgan 26 ta o'yinning 13 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mashal" vakillari esa 7 bor g'alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Etiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilmoqda: 44-26. 

Jamoamiz so'nggi bor  Muborakdan 2005 yili g'alaba bilan qaytgan (2:0). O'shanda Zafar Xolmurodovning “dubl”i “Nasaf”ga uch ochko keltirgan edi. Umuman ushbu “derbi”da Zafar Xolmurodov 8 marta gol kiritgan yagona futbolchi bo'lib turibdi.

Derbida uch marta “xet-trik” kuzatilgan. 2004 yili Muborakda Zafar Xolmurodov, 2007 yili Viktor Klishin raqib darvozabonlarini uch marta xafa qilgan. O'tgan mavsumda Qarshida o'tkazilgan birinchi davra o'yinida “Nasaf”ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan bo'lsa, ikkinchi daradagi muborakda o'tgan uchrashuvda “gazchilar” kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan. 

Qiziqarli statistikaga nazar tashlasak, jamoalar tarkibida to'p surgan uch futbolchi Zafar Xolmurodov,  Jasur Boboev va Ilhom SHomurodov “Nasaf” va “Mashal” tarkibida to'p tepib, “derbi”da gol urishning uddasidan chiqishgan.

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlarida eng ko'p, besh marotaba  qayd etilgan hisob - 2:0. Bu jamoalar o'zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo'lishgan. 

Jamoamiz Muborakda o'tgan o'yinlarning beshtasida mag'lubiyatga uchragan. Ikki o'yinda “ajdarlar” safarda uch ochkoga ega bo'lishgan. “Mashal” maydonida olti marta durang qayd etilgan.  “Nasaf”  Muborakda bo'lgan oxirgi 9ta o'yinda g'alaba qozona olmagan. Ammo bu safar jamoamiz futbolchilarining maydonga faqat g'alaba uchun tushishlariga shubha qilmasa ham bo'ladi.

Ayni payda “Nasaf” jamoamiz  14 uchrashuvdan keyin 28 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasida borayotgan borayotgan bo'lishsa, “Mashal” futbolchilari jadvalning 10-pog'onasini egallab turishibdi.

O'zaro o'yinlar: 

2002 yil 20 aprel

Mashal - Nasaf - 0:2

Gollar: No'mon Hasanov 20, Oybek Usmonxo'jaev 72.

2002 yil 26 oktyabr

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar: Vali Keldiev 23, Botir Qoraev 49. 

2003 yil 27 aprel

Mashal - Nasaf - 0:0

2003 yil 27 sentyabr

Nasaf - Mashal - 3:1 

2004 yil 4 mart

Nasaf - Mashal - 3:1

Gollar: Zafar Xolmurodov 16, 31 – Qudrat Madaminov 20.

2004 yil 20 noyabr

Mashal - Nasaf - 4:3

Gollar: Rustam Qodirov 51, Jasur Boboev 73, 74 – Zafar Xolmurodov 45, 84, 89 pen.

 2005 yil 27 iyun

Mashal - Nasaf - 0:2

Gollar: Zafar Xolmurodov 77, 84.

2005 yil 10 avgust

Nasaf - Mashal - 1:0

Gol: Botir Qoraev 3 pen.

 2006 yil 24 iyun

Mashal - Nasaf - 1:1

Gollar: Botir Qodirqulov 4 – Davron Fayziev 75.

2006 yil 28 iyun

Nasaf - Mashal - 3:1

Gollar: Ilyos Qurbonov 13, Konstantin Boev 26, 82 – Viktor Klishin 70. 

2007 yil 21 aprel

Nasaf - Mashal - 0:1

Gol: Botir Qodirqulov 19. 

2007 yil 1 noyabr

Mashal - Nasaf - 4:1

Gollar: Viktor Klishin 5, 32, 49 – Ro'ziqul Berdiev 66.

2008 yil 5 aprel

Mashal - Nasaf - 2:1

Gollar: Rustam Qodirov 90 – Yaroslav Krushelnickiy 15 (avtogol), Zafar Xolmurodov 67.

2008 yil 8 noyabr

Nasaf - Mashal - 2:3

Gollar: Bahodir Murtazoev 28, SHerbek Yo'ldoshev 83 – Ilhom SHomurodov 12, Viktor Klishin 36, Rustam Qodirov 59.

2009 yil 20 iyun

Mashal - Nasaf - 1:1

Gollar: Zafar Xolmurodov 64 – Kamoliddin Murzoev 60.

2009 yil 19 avgust

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar: Bahodir Pardaev 51 pen., Jasur Boboev 61.

2010 yil 21 may

Nasaf - Mashal - 3:1

2010 yil 21 avgust

“Mashal” – “Nasaf” - 1:0

Gol: Rindyuk 86.

2011 yil 15 may

“Nasaf” – “Mashal” - 2:0

Gollar: 1:0 - Artur Gevorkyan, 45+2, 2:0 – Nosir Otaqo'ziev, 56

2011 yil 9 sentyabr

“Mashal” – “Nasaf” - 1:1

Gollar: 0:1 - To'raev Lutfulla, 44, 1:1 - Petkovich Igor, 54

2012 yil 26 aprel

“Mashal” –“Nasaf” – 0:0

2012 yil 27 sentyabr

“Nasaf” – “Mashal” - 3:0

Gollar: K.To'raev (41), A.Petrovich (46), V.SHishelov (72)

2014 yil 14 iyun

“Nasaf” – “Mashal” - 4:2

Gollar: Alisher Yusupov (28), Artur Gevorkyan (32,54,58) – Mo'ydin Mamazulunov (42), Jahongir Abdumo'minov (45).

2014 yil 2 noyabr

“Mashal” – “Nasaf” - 1:1

Gollar: M.G'ofurov (90+1) – A.Gevorkyan (86, penaltidan).

2015 yil. 1 iyul

“Nasaf” – “Mashal” - 3:0

Gollar: Akramjon Bahritdinov (4), Bahrom Abdurahimov (27), Ilhom SHomurodov (52).

2015 yil. 20 noyabr

 “Mashal” – “Nasaf” - 1:0

Gol: SHaxzod SHaymanov (39).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика