So’nggi yangiliklar

08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  0 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  1 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  0 07:24Ўртоқлик учрашуви.»Реал» «Челси»дан устун келди, «Милан» ва «Барселона» ўзаро дуранг ўйнашди  1 01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  3 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16

“Mashal” - “Nasaf”: o'zaro o'yinlar Yangiliklar

“Mashal” - “Nasaf”: o'zaro o'yinlar

Oliy liga-2015 so'nggi turida Qashqadaryoning ikki jamoasi – “Nasaf” va “Mashal” o'zaro hisob kitob qilishadi.

 

O'zaro o'yinlar tarixiga nazar tashlasak, “voha derbi”si maqomini olgan mazkur qarama-qarshilik har doim muxlislar diqqat markazida bo'lib kelgan. Garchi mazkur bahs “Nasaf” futbolchilari uchun turnir jadvalidagi holatlariga umuman tasir etmasada, jamoalar so'nggi turda muxlislarni xursand qilishlari uchun harakat qilishlari aniq.

 

“Mashal” hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro o'yinlar tarixiga ko'z tashlasak, o'tkazilgan 25 ta o'yinning 13 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mashal" vakillari esa 6 bor g'alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Etiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilmoqda: 44-25. 

Qarshiliklar oxirgi marta Muborakdan 2005 yili g'alaba bilan qaytishgan (2:0). O'shanda Zafar Xolmurodovning “dubl”i “Nasaf”ga uch ochko keltirgan edi. Umuman ushbu “derbi”da “Nasaf” futbolchilari tomonidan kiritilgan 33 ta golning sakkiztasiga Xolmurodov mualliflik qilgan. “Mashal” esa 2007 va 2008 yilgi mavsumda Qarshidan g'alaba bilan qaytgan.

 

 “Nasaf” - “Mashal”  uchrashuvida eng yirik hisob 2007 yilda qayd etilgan. O'shanda muboraklilar 4:1 hisobida g'olib chiqishgan. 2004 yilgi aynan Muborakda o'tgan o'yinda darvozalarga 7 ta gol kiritilgan (4:3).

Derbida uch marta “xet-trik” kuzatilgan. 2004 yili Muborakda Zafar Xolmurodov, 2007 yili Viktor Klishin raqib darvozabonlarini uch marta xafa qilgan. Joriy mavsumda Qarshida o'tkazilgan birinchi davra o'yinida “Nasaf”ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan bahsda, jamoamizning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan uch marta “Mashal” darvoazsini aniq nishonga olishga erishdi. 

Qiziqarli statistikaga nazar tashlasak, jamoalar tarkibida to'p surgan uch futbolchi Zafar Xolmurodov,  Jasur Boboev va Ilhom SHomurodov “Nasaf” va “Mashal” tarkibida to'p tepib, “derbi”da gol urishning uddasidan chiqishgan.

2004 yili Jasur Boboev “Mashal” safida harakat qilib “Nasaf” darvozasini ikki marta ishg'ol etgan bo'lsa, 2009 yilda esa u qarshiliklar safida “Mashal”darvozasiga gol urishning uddasidan chiqqan edi. 

Bu jamoalarning o'zaro o'yinlarida eng ko'p, besh marotaba  qayd etilgan hisob - 2:0. Bu jamoalar o'zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo'lishgan. 

Ayni payda “Nasaf” futbolchilari 29 uchrashuvdan keyin 62 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasida borayotgan borayotgan bo'lishsa, “Mashal” futbolchilari esa jadvalning 8-pog'onasini egallab turishibdi.

 

O'zaro o'yinlar: 

2002 yil 20 aprel

Mashal - Nasaf - 0:2

Gollar: No'mon Hasanov 20, Oybek Usmonxo'jaev 72.

2002 yil 26 oktyabr

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar: Vali Keldiev 23, Botir Qoraev 49. 

2003 yil 27 aprel

Mashal - Nasaf - 0:0

 

2003 yil 27 sentyabr

Nasaf - Mashal - 3:1 

2004 yil 4 mart

Nasaf - Mashal - 3:1

Gollar: Zafar Xolmurodov 16, 31 – Qudrat Madaminov 20.

 

2004 yil 20 noyabr

Mashal - Nasaf - 4:3

Gollar: Rustam Qodirov 51, Jasur Boboev 73, 74 – Zafar Xolmurodov 45, 84, 89 pen.

 

 2005 yil 27 iyun

Mashal - Nasaf - 0:2

Gollar: Zafar Xolmurodov 77, 84.

 

2005 yil 10 avgust

Nasaf - Mashal - 1:0

Gol: Botir Qoraev 3 pen.

 

 2006 yil 24 iyun

Mashal - Nasaf - 1:1

Gollar: Botir Qodirqulov 4 – Davron Fayziev 75.

2006 yil 28 iyun

Nasaf - Mashal - 3:1

Gollar: Ilyos Qurbonov 13, Konstantin Boev 26, 82 – Viktor Klishin 70. 

2007 yil 21 aprel

Nasaf - Mashal - 0:1

Gol: Botir Qodirqulov 19. 

2007 yil 1 noyabr

Mashal - Nasaf - 4:1

Gollar: Viktor Klishin 5, 32, 49 – Ro'ziqul Berdiev 66.

 

2008 yil 5 aprel

Mashal - Nasaf - 2:1

Gollar: Rustam Qodirov 90 – Yaroslav Krushelnickiy 15 (avtogol), Zafar Xolmurodov 67.

 

2008 yil 8 noyabr

Nasaf - Mashal - 2:3

Gollar: Bahodir Murtazoev 28, SHerbek Yo'ldoshev 83 – Ilhom SHomurodov 12, Viktor Klishin 36, Rustam Qodirov 59.

 

2009 yil 20 iyun

Mashal - Nasaf - 1:1

Gollar: Zafar Xolmurodov 64 – Kamoliddin Murzoev 60.

 

2009 yil 19 avgust

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar: Bahodir Pardaev 51 pen., Jasur Boboev 61.

2010 yil 21 may

Nasaf - Mashal - 3:1

2010 yil 21 avgust

Mashal - Nasaf - 1:0

Gol: Rindyuk 86.

 

2011 yil 15 may

Nasaf - Mashal - 2:0

Gollar: 1:0 - Artur Gevorkyan, 45+2, 2:0 – Nosir Otaqo'ziev, 56


2011 yil 9 sentyabr

“Mashal” – “Nasaf” - 1:1 (0:1)

Gollar: 0:1 - To'raev Lutfulla, 44, 1:1 - Petkovich Igor, 54

 

2012 yil 26 aprel

“Mashal” –“Nasaf” – 0:0

2012 yil 27 sentyabr

“Nasaf” – “Mashal” 3:0

Gollar: K.To'raev (41), A.Petrovich (46), V.SHishelov (72)

 

2014 yil 14 iyun

“Nasaf” – “Mashal” 4:2

Gollar: Alisher Yusupov (28), Artur Gevorkyan (32,54,58) – Mo'ydin Mamazulunov (42), Jahongir Abdumo'minov (45).

 

2014 yil 2 noyabr

“Mashal” – “Nasaf” 1:1

Gollar: M.G'ofurov (90+1) – A.Gevorkyan (86, penaltidan).

 

2015 yil.

Oliy liga, 15-tur. 01.07.2015.

“Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak)  3:0 (2:0)

Gollar: Akramjon Bahritdinov (4), Bahrom Abdurahimov (27), Ilhom SHomurodov (52).


“Nasaf” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика