Mashal: Milan Spremo va Bashlay Dimitriy bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018, 14:41
Ayni shu kunlarda yangi mavsum va super ligaga tayyorgarlik ko'rayotgan Mashal jamoamiz o'z tarkibiga bir qator mahalliy futbolchilarni jalb etgan.

Ular mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda agarda ular mashg'ulotlarda o'zlarini ko'rsatishda klubda qolishlari tabiiy bulardan tashqari Mashal jamoamiz hozirda ikki nafar legioner bilan jiddiy muzokara olib bormoqda. Ushbu  legionerlar Serbiya va Ukraina davlatlaridandir.

Jumladan, Milan Spremo Serbiya super ligasi vakili FK Bachka Balanka klubida to'p surib kelmoqda,  Ukrainalik Bashlay Dimitriy esa Belorussiya oliy ligasi vakili Dnepr klubi safida faoliyat yuritmoqda. Har ikkala legioner futbolchilar bilan Mashal FK rahbariyati muzokara o'tkazib og'izaki kelishuvga erishdi. Bir necha kundan keyin ushbu futbolchilar “Mashal” mashg'ulotlariga kelib qo'shilishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz