"Mashal" "Metallurg"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi
10 avg 2015 14:55
Yangiliklar


"Mashal" "Metallurg"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi
Bugundan "Mashal" Muborakda Oliy liganing 18-turiga tayyorgarlikni boshladi.
"Mashal" navbatdagi turda Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Bu o'yin 15 avgust kuni Bahrom Vafoev nomli stadionda bo'lib o'tadi.
Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi jamoamiz esa jiddiy bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. SHu bois bugundan barcha futbolchilarimiz Muborakda to'plandi.
Bekobodda bo'lgan bahsda jamoamiz 0: 1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Turnir jadvalida o'ziga munosib bo'lmagan pog'onada turgan jamoamiz bu o'yin ahamiyatini yaxshi tushungan holda mashg'ulotlar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Metallurg" o'yini 15 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar