So’nggi yangiliklar

11:16Ака-ука қарама-қаршилиги бўлмайди. Жоб Беллингем "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 10:50А Сериянинг энг яхши тўпурари Саудияга кўчиб ўтиши мумкин  1 10:23Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  1 10:16Сергей Чигодаев: "Турнирда кучли жамоалар иштирок этмоқда"  0 09:40“Хоразм“ “Пахтакор“ футболчисига қизиқмоқда  1 09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  5 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  2 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  1 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  38 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  2 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  4 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3

"Mashal": Maradonaning goli yoshlar ligasida g'alaba keltirdi Yangiliklar

"Mashal": Maradonaning goli yoshlar ligasida g'alaba keltirdi

Bugun Muborakda Oliy liganing 26-turi oldidan "Mashal" - "Dinamo" yoshlari bahsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi hujumkorlik bilan o'tdi. 30 daqiqada Abdulla Nabievning yaqin masofadan bergan zarbasi aniq chiqdi biroq ozgina kuchsizligi bois darvozabon egallab oldi. Mehmonlar futbolchisi Xolmo'min Davronovda ham qulay imkoniyat yuzaga kelgan edi lekin u ham vaziyatdan foydalana olmadi. Hujumkor ruhda o'tgan birinchi bo'lim 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim ancha asabiy boshlandi. Ketma-ket ogohlantirishlardan so'ng 60 daqiqada hisob ochildi. Sardor Abduraimovning jarima zarbasidan so'ng Boboev boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. 64 daqiqada SHahzod SHaymanovni zarbasini esa darvozaning yuqori to'sini qaytarib qoldi. 72 daqiqada Maradona Safarov qanotdan tezkor kirib bordi va to'pni Abduraimovga uzatdi biroq Sardor etib kelishda kech qoldi. 73 daqiqada Islom SHaripovning qanotdan uzatgan pasidan so'ng Nuriddinov kuchli zarba bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi.  Qo'shib berilgan daqiqada Maradona Safarov birga-bir vaziyatga chiqib bordi va so'nggi golni kiritdi.O'yinning qolgan daqiqalarida hisob o'zgarmadi va g'alaba bilan o'yin yakuniga etdi.

Ushbu g'alabadan so'ng yoshlarimiz ochkolari 47 taga etdi va turnir jadvalida uchinchi pog'onani saqlab qoldi.
Endi yoshlarimiz navbatdagi tur bahsini 24 oktyabr kuni G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazadi.

Yoshlar ligasi, 26-tur
"Mashal" - "Dinamo" 2:1
Gollar:
1-0 Jasur Boboev (60), 1:1 Lazizjon Nuriddinov (73), 2:1 Maradona Safarov (90+4).
Hakamlar: Rustam Lutfullin (Toshkent), Zufar Eliboev, Farhod Usmonov (Qarshi).
Nazoratchi: Bulat Galeev (Urganch).

"Mashal": 35.Javohir Ilyosov, 15.Iskandar SHaykulov, 16.Xolmurod Xolmurodov (39.Jonibek Mirzaqulov 63), 27.Sirojiddin Rahmatullaev, 28.Maradona Safarov, 29.Sardor Abduraimov (c), 36.Abdulla Nabiev (40.SHokir Yuldashev 46), 43.Muhammadali Aliqulov, 45.SHahzod SHaymanov (4.Yunus Ochildiev 70), 46.Jasur Boboev (47.Bakir Murtozaev 77), 48.Mikita Bukatkin.
Zaxira: 1.Sardor SHarofov, 31.Najmiddin Quvonchiev, 32.Muhiddin Rizvonov.

"Dinamo": 1.Rustam Toshturdiev, 6.G'olib Sariboev, 8.Dadajon Mamatqulov, 15.Lazizjon Nuriddinov, 17.Islom SHaripov, 22.Jasur Qurbonov, 28.Xolmo'min Davronov, 34.Hakimjon Alamxonov, 42.Mirkomil Lakaev (c), 70.Amirjon Safarov, 95.Firdavs Abdusalimov.
Zaxira: 45.Faxriddin Matrizaev, 4.Sanjar Yusupov, 12.Sardor Omonov, 16.Oybek Eliboev, 21.Hamdam Rahmonov, 23.Ramish Bobomirzaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика