So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Mashal": "Lokomotiv" bilan o'yinda bitta yirik g'alaba, bitta durang Yangiliklar

"Mashal": "Lokomotiv" bilan o'yinda bitta yirik g'alaba, bitta durang

Bugun jamoamiz Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi ikkita nazorat bahsini o'tkazdi.
O'FF suniy maydonida bo'lib o'tgan bahsda "gazchilar" bitta yirik g'alaba va bitta durangga erishdi.

Birinchi uchrashuv "Lokomotiv" va "Mashal"ning aralash tarkiblari o'rtasida bo'lib o'tdi va unda vakillarimiz yirik g'alabaga erishdi. Uchrashuvning 21 daqiqasida Alisher SHog'ulomov hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda rossiyalik legioneri Vladislav Ivanov tomonidan kiritilgan ikkita gol, SHohruh Dostonov va Sirojiddin Rahmatullaevlarning gollari  "Mashal"ga g'alaba keltirdi.

Nazorat uchrashuvi.
Toshkent. 27.01.2015

"Lokomotiv" - "Mashal" 1:4
Gollar:
1:0 Alisher SHog'ulomov (21) -  1:1 Vladislav Ivanov (55), 1:2 SHohruh Dostonov (64), 1:3 Vladislav Ivanov (77), Sirojiddin Rahmatullaev (82)

"Mashal": Rahim SHaripov, Andrey Burdiyan, Vasiliy Soltan, Vladislav Ivanov, Qahramon Bahodirov, Xolmurod Xolmurodov, G'iyos Komilov, SHohruh Dostonov, Abdulla Nabiev, Iqbol Boboxonov, Sirojiddin Allaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sirojiddin Rahmatullaev, Durbek Kamolov, Firdavs Asadov.


Ikkinchi uchrashuvda har ikki jamoa asosiy tarkib futbolchilaridan foydalandi. Bu bahsda "Mashal" so'nggi daqiqada hakam tomonidan belgilangan penalti natijasida g'alabani boy berdi. Uchrashuvning 20 daqiqasida Jahongir Jiyamurodov jarima zarbasidan unumli foydalanib hisobni ochdi. 70 daqiqada Jamshid Xasanovni pasini Zohir Qo'ziboev gol bilan yakunladi. 82 daqiqada Aleksandr Geynrix hisobni qisqartirgan bo'lsa, 90 daqiqada "Mashal" darvozasiga penalti belgilandi. Javohir Ilyosov 11 metrlik nuqtadan Doniyor Usmonovning bergan zarbasini qaytarishga erisha olmadi. SHunday qilib bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi.
Toshkent. 27.01.2015

"Lokomotiv" - "Mashal" 2:2
Gollar
: 0:1 Jahongir Jiyamurodov (20), 0:2 Zohir Qo'ziboev (72), 1:2 Aleksandr Geynrix (82), 2:2 Doniyor Usmonov (90 penaltidan)

"Lokomotiv": Abror Karimov, Bobur Yuldashev, Janichech, Arkadi Kalaydjan, Salim Mustafoev, Dilshod Rahmatullaev, Sardor Mirzaev, Bruna di Silva, Sanjar SHoahmedov, Aleksandr Geyrnix, Ruslan Koryan.

"Mashal": Botir Nosirov, Siroj Hamroev, SHerzod Fayziev, SHahzod SHaymonov, Abbos SHodmonov, Humoyun Murtozaev, Nikita Bukatkin, Zafar To'raev, Jamshid Xasanov, Jahongir Jiyamurodov, Zohir Qo'ziboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Firdavs Asadov, Javohir Ilyosov, Sirojiddin Rahmatullaev, Tursunmurod Hamdamov,

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика