"Mashal" lageridan daraklar
17 iyu 2014 13:35
Yangiliklar

"Mashal" lageridan daraklar
"Mashal"ning asosiy, yoshlar va birinchi liga jamoalari ikkinchi davra uchun tayyorgarliklarni davom ettiradi.
"Mashal" (ASOSIY TARKIB)
Klubiningning asosiy tarkib jamoasi 14 iyul kuni "Olmaliq"qa qarshi maydonga chiqdi. 2:1 hisobida "Mashal"ning g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng asosiy tarkib jamoasi qisqa tatilga chiqdi. Endi ushbu jamoa ertadan boshlab yana Yangierda tayyorgarlikni davom ettiradi. 18-25 iyul kunlariga bo'lib o'tadigan yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Jumladan 22 iyul kuni Toshkentda Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tsa, 24 iyul kuni Yangierda Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi maydonga chiqadi.
Tarkib borasida aytadigan bo'lsak, ayni vaqtda jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shilmagan. Jamoani esa malum muddat ko'rikda bo'lgan ukrainalik legioner Ruslan Kachur murabbiylar shtabining qarori bilan tark etdi. Undan tashqari Otabek Narzullaev bilan shartnoma bekor qilingani xaqida xabar bergan edik. Eldor Ergashev esa ayni vaqtda "Olmaliq" klubida ko'rikdan o'tmoqda. Qahramon Bahodirovga murabbiylar javob bergan. Moldovalik legioner Viktor Gonca esa yana tarkibga qaytadi va keyingi yig'inda ham ishtirok etadi.
"Mashal" (YOSHLAR TARKIBI)
Jamoaning yoshlari esa kecha Qashqadaryoning tog'li "CHashma" oromgohidan qaytib keldi va mashg'ulotlarini Muborakda olib bormoqda. O'n kunlik tog'dagi mashg'ulotlar davomida Vali Keldiev shogirdlari safiga yangi futbolchilar kelib qo'shilgani yo'q. Jamoani esa yoshlardan hech kim tark etmagan. Mavsum boshlanishi oldidan ushbu jamoa bitta nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
"Mashal-2" (BIRINCHI LIGA)
Birinchi liga jamoasi birinchi bosqichdan so'ng bir haftalik tatilga chiqdi. Bugun tatilni yakunlab jamoa azolari Yangierda yig'ildi. Ertaga birinchi liga jamoa Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan o'tadi va Qashqadaryoga qaytadi. 19 iyuldan boshlab ushbu jamoa "CHashma" dam olish oromgohida 10 kunlik mashg'ulotlarni olib boradi. Yig'in yakunida esa birinchi liga jamoasi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga chiqadi.

Fikrlar