So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  1 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

"Mashal": Istiqbolli rejalar yo'lida Yangiliklar

"Mashal": Istiqbolli rejalar yo'lida

"Mashal" o'zining ko'p yillik dasturini ishlab chiqdi va amalda bu ishlar boshlangan.
Bugun klubimizning majlislar zalida viloyat futbol federaciyasi va viloyatning barcha tumanlarining xalq talimi vakillari ishtirokida katta yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishning asosiy maqsadi "Mashal" PFK va viloyatda futbolga etiborni oshirishga qaratildi. Klubning rejalaridan o'rin olgan dastur bo'yicha viloyatdagi eng iqtidorli yoshlarni saralab olish, klubga jalb etish bo'yicha har bir tuman vakillari bilan suhbat o'tkazildi.

Yig'ilishni viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Norqul Daminov olib bordi.

"Viloyatimiz iqtidorlar bilan to'la. Bizning oldimizda har bir yosh iqtidorni to'g'ri yo'lga yo'naltirish yotibdi. Uning oilaviy ahvoli, kelib chiqishi, millatidan qatiy nazar viloyatimizda futbolni rivoji uchun birinchi navbatda maktablarda to'g'ri yo'lni tanlashimiz kerak. Viloyatimizda 1122 ta o'rta maktab bor bo'lib, ular 13 ta tumanda  joylashgan. Biz har bir tumanni viloyatimizning uchta "Nasaf", "Mashal" va "SHo'rtan" jamoalariga biriktiramiz. Tumandan chiqayotgan har bir futbolchi uchun mana shu klublar javobgarlikni zimmasiga oladi" - , deydi Norqul Daminov.

Undan tashqari viloyatda amalga oshirilgan ishlar emas, amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida o'ylash kerakligini ham takidladi.

"Bu yil O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Zufarovich topshirig'i bilan har bir futbol federaciyalarida maxsus dikloraciyalar to'ldiriladi. Nafaqat kelishilgan o'yinlar, balki yosh kichraytirish ham tegishli tarzda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Futboldagi bu qora illatni yo'q qilish barcha xalq talim vakillari zimmasiga ham kelib tushadi" - , deya qo'shimcha qiladi.

"Mirishkor, Kasbi, Yakkabog', CHiroqchi, Muborak tumanlaridagi yosh futbolchilarni saralash uchun "Mashal" klubi aloqadordir. Bu klub bilan birga tumanlar birga ish olib boradi" - deydi viloyat futbol federaciyasi vice prezidenti.

SHundan so'ng so'zga klub vakilllari Ilhom Abdug'anievich va Abdurahmon Yumangulov ham so'zga chiqdi.

"Mashal"ning o'z istiqbolli rejalari bor. Ana shu rejalarimizdan o'rin olgan ushbu dastur bo'yicha bugun yig'ilganmiz. Viloyatda futbolni rivoji uchun mehnat qilayotgan har bir vakil oldida katta masuliyat bo'ladi” - , deydi klub direktori.

Yig'ilish yakunida viloyatning barcha tuman vakillari ishtirokida har oyda yig'ilish tashkil etish va xisobotlar bilan tanishtirish belgilab o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика