So’nggi yangiliklar

23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  11 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  5 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  4 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  25 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  80 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  55 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  98 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0

Mashal futbolchisi Umid nihollari-2015da ishtirok etadi Yangiliklar

Mashal futbolchisi Umid nihollari-2015da ishtirok etadi

SHu yilning may oyining so'nggi haftaligi Xorazmda "Umid nihollari-2015" sport bayrami bo'lib o'tadi.
Uch bosqichli sport tizimining dastlabkisi bo'lgan "Umid nihollari" uchun  futbol bo'yicha saralash bahslari Sirdaryo viloyatida bo'lib o'tdi. Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan maktab o'quvchilaridan tashkil etilgan jamoalar guruhlarga bo'lingan holda saralashni olib bordi.

"Mashal" futbol klubi tarbiyalanuvchisi Bekzod Tursunov Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qildi. 1999 yilda tug'ilgan himoyachimiz jamoasi bilan birga Xorazmda bo'lib o'tadigan "Umid nihollari-2015"ning futbol turi bo'yicha ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

"B" guruhi bahslari Guliston shahrida bo'lib o'tdi. Bu guruhdan  Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari o'rin oldi. Qashqadaryolik futbolchilar birinchi turda Surxondaryoning 2:0 hisobida, ikkinchi turda Xorazmni 3:0 hisobida mag'lub etdi. CHorak finalda esa Buxoroga qarshi maydonga tushgan qashqadaryolik yoshlar penaltilar seriyasiga ko'ra yarim finalga chiqishni uddaladi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi va penaltilar seriyasi vohaliklar omadliroq chiqdi.

Xorazmda bo'lib o'tadigan final qismiga to'rtta jamoa yo'l oldi. Qashqadaryo bilan bir qatorda mezbonlar Xorazm, Farg'ona va Toshkent shahri jamoalari final bosqichida o'ynaydigan bo'ldi. Endi quraga ko'ra ikki yarim final , final va uchinchi o'rin uchun o'yin Xorazmda bo'lib o'tadi.

Gulistonda bo'lib o'tgan saralashni muvaffaqiyatli uddalagan viloyatimiz yoshlari ortga qaytib keldi va tayyorgarlikni shu erda davom ettiradi. Aytib o'tish kerakki Qashqaryo viloyati jamoasida murabbiyimiz SHerzod Andaev ham ish olib bormoqda.

"Har bir futbolchi "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Unversiada" kabi musobaqalarda ishtirok etishni istaydi. Bizning jamoa ham bu bosqichni muvaffaqiyatli uddalaganidan juda ham mamnunman. O'ylaymanki final qismida ham mana shunday ishtirok etamiz. Buxoro bilan eng qiyin o'yinni o'tkazdik. Endi jiddiy tayyorgarlik olib borgan holda finalda eng yuqori o'rin uchun harakat qilamiz" , - deydi Bekzod Tursunov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика