“Mashal” evropalik murabbiy bilan kelishuv arafasida
03 jan 2020 17:46
Yangiliklar


“Mashal” evropalik murabbiy bilan kelishuv arafasida
Superliga debyutanti Muborakning “Mashal” jamoasi 6 yanvardan o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Bosh murabbiy postida hozircha Asror Aliqulov faoliyatini davom ettiradi. Lekin yaqin orada murabbiylar shtabida evropalik mutaxassis ish boshlash arafasida. Aniqrog'i keyingi haftada “Mashal”ga ispaniyalik murabbiy kelishi kutilmoqda.
Tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilinmaydi. Asosan o'tgan yilgi futbolchilar va boshqa klublardan ayrim o'yinchilar yig'inga taklif etilgan. Bu borada yig'in boshlangach, yana xabar beramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar