

Mazkur bahsga jamoamiz jiddiy tayyorgarlik olib bordi. Hozirda Navoiydagi "Grand Zarafshon" mehmonxonasida bo'lib turgan futbolchilarimiz bugun 18:00 da "Yoshlik" sport majmuasi stadionida o'yin oldi rasmiy mashg'ulotlarini o'tkazadi. Asosiy tarkib jamoalar o'yini ertaga ushbu stadionda 17:00 da start oladi. O'yin oldidan Navoiy shahrida futbol mavsumining ochilishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tadi va chempionat bayrog'i ko'tariladi.
Bugun 15:00 da "Kimyogar" stadionida esa yoshlar jamoalari maydonga chiqadi.
Bugun 15:00 da "Kimyogar" stadionida esa yoshlar jamoalari maydonga chiqadi.



