So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Mashal-2" qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Mashal-2" qiyin g'alabaga erishdi

Bugun O'zbekiston birinchiligidagi navbatdagi 15-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Muborakda "Mashal-2" Kosonning "Alanga"sini qabul qildi va qiyin g'alabaga erishdi.
Uchrashuvda to'la ustunlik maydon egalari tomonida bo'ldi.  Mehmonlar asosan qarshi hujumda omadini sinab ko'rishga intildi.  Birinchi bo'limda SHokir Yuldashev va Mirjalol Qosimovlardan juda qulay imkoniyatlar bo'lishiga qaramay vaziyatlar yakunlanmay qoldi.  Aytib o'tish kerakki ko'plab vaziyatlarda mehmonlar darvozaboni gollari vaziyatlarda jamoasini qutqatdi.  Jangavor derbi maqomidagi o'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi.  
Ikkinchi bo'lim juda ham qiziqarli o'tdi.  60 daqiqada Alibek Rahmatullaevning jarima zarbasi to'singa tegib qaytdi.  SHamsiddin Sagdullaevning uzoq masofadan bergan zarbasiga ham to'sin g'ov bo'ldi.  Faqatgina 75 daqiqada SHokir Yuldashev himoyachilarni ortda qoldirib hisobni ochdi.  Bu gol o'yin so'nggigacha saqalanib qoldi.  CHinakam derbiga xos o'yinda vakillarimiz kichik hisobda g'alabaga erishdi.
 
Ushbu g'alabadan so'ng "Mashal-2" ochkolari 17 taga etdi va turnir jadvalida ettinchi pog'onani saqlab qoldi.  
Jamoaning keyingi o'yini 2 iyul kuni G'ijdivonda mahalliy "G'ijdivon" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston birinchiligi
Birinchi bosqich,  15-tur.

"Mashal-2" - "Alanga" 1: 0
Gol:
  1-0 SHokir Yuldashev (75)

"Mashal-2":  30. Husan Olimjonov,  4. Mirjalol Qosimov,  5. SHohjahon Qilichev,  6. Ahrorjon Inoyatov ( 2. Suhrob Ismatov 70),  8. Jafar Ismoilov (24. Muhiddinjon Yusupov 80),  9. Sunnatillo Rustamov,  10. Sanjar Ahmedov (18. Oybek Jo'raev 85),  11. Alibek Rahmatullaev (14. Bekzod Rahmonov 80),  10. Aziz Fayziev (c) (7. SHamsiddin Sagdullaev 46),  19. Zuhriddin Kamolov,  20. SHokir Yuldashev.
Zaxira: 3. Yodgor Nazarov,  26. Temur Yumangulov.

"Alanga":  1. Akbar Abraev,  2. Muhriddin Rizvonov,  3. Bekzod Xushmurodov,  6. Amirjon Toirov,  7. Jonimbek Qoraev (c),  8. Zeverqul Xudoyqulov,  13. Maruf Toshev,  15. Jonibek Mirzaqulov,  17. Ixtiyor Ahmadjonov,  19. Jahongir Jabborov,  21. Fayoz Musurmonov.
Zaxira:  30. Sardor SHarofov,  4. Doniyor Jo'raev,  5. Olimjon Allanov,  11. Abbos Baxrillaev,  18. Bakir Murtozaev,  22. SHerzod Asliev,  25. SHerzod Nasrullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика