“Mashal” 10 yanvar kuni o'z qarorgohida yig'in boshlaydi
24 dek 2018 15:56
Yangiliklar
“Mashal” 10 yanvar kuni o'z qarorgohida yig'in boshlaydi
Pley-off bahslarida ishtirok etgani sabab boshqa jamoalarga qaraganda biroz kechroq futbolchilarini damga chiqargan Muborakning “Mashal” klubi dekabr oyida yig'in o'tkazmaydi.
Muborakliklar yangi mavsum tayyorgarligini yanvar oyidan boshlashadi. “Gazchilar” jamoasi 10 yanvar kuni o'z qarorgohida yig'iladi va mashg'ulotlarga kirishadi. Asosan jismoniy tiklanish ustida ish olib boriladigan mazkur yig'in 3 hafta davom etadi.
So'ngra fevral oyida jamoa yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan o'rtoqlik maqomidagi musobaqalardan birida qatnashishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar