Marufjon Abdisalomov: "Bunyodkor" bilan durang meni qoniqtirmadi"
03 noy 2016 18:41
Yangiliklar
Marufjon Abdisalomov: "Bunyodkor" bilan durang meni qoniqtirmadi"
"Andijon" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh menejeri Marufjon Abdisalomov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun g'alaba qozonishimiz shart edi, g'alabani ko'zlab maydonga tushgandik. Biroz omad etishmadi. Keyingi bahslarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bugun yigitlar borlarini berib o'ynashdi.
Durang natija bizni qoniqtirmadi, faqat g'alaba qoniqtirar edi. Ammo "Bunyodkor"dek jamoa bilan durang yomon natija emas. Doim OCHL musobaqasida ishtirok etib keladi.
Bizning jamoa 6 oylik yoki 1 yillik jamoa emas. Keyingi yilda ham shu yigitlar bilan birga o'ynaymiz. Oldimizda turgan ikkala o'yinda ham ijobiy natija qayd etishga umid qilamiz, qolgani yaratgandan", - deydi Abdisalomov.
"Andijon" matbuot xizmati
Fikrlar