So’nggi yangiliklar

00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  0 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  28 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18

Maruf Abdusalomov: “Rahbariyatning ishonchini oqlashga harakat qilaman” Yangiliklar

Maruf Abdusalomov: “Rahbariyatning ishonchini oqlashga harakat qilaman”

Yaqinda“Andijon” vice-prezidenti sifatida ish boshlagan Maruf Abdusalomovdan saytimiz uchun ilk intervyuni oldik.

Malumot uchun aytish mumkinki, 34 yoshli Abdusalomov futbol olamida begona shaxs emas. Sababi Maruf Jamoliddinovich ilgari o'zi ham “Andijon” yoshlar jamoasida o'ynagan va keyinchalik jamoa mamur va turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Endilikda u klub rahbari sifatida eng shimarib ishga kirishdi.

- O'tgan yili “Andijanka” jamoasi bilan 3-o'rinni egalladik. Bizdan oldin ishlagan marhum Miroman Kimning o'zidan yaxshi iz qoldirib ketganini ko'pchilik yaxshi biladi. Biz ham imkon qadar uning qayd etgan natijasidan past bo'lmagan ko'rsatkichni qilishga xarakat qildik. Albatta ayollar futboli bilan erkaklar futbolining farqi bor.


- Yaqinda viloyatimiz hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevichning shaxsan o'zi qabuliga chaqirib, “Andijon” jamoasining ham boshqaruvini menga ishonib topshirishini bildirdi. Bilasizmi bu men uchun kutilmagan xol bo'ldi. CHunki bu narsa hayolimga ham kelmagandi. SHu bois “Andijanka”ning yangi mavsum rejalari borasida bosh qotirib, o'zimizga yarasha rejalarni ishlab chiqayotgandik. Endilikda viloyatimiz rahbarining ushbu topshirig'ini bajarishga kirishdik. Nasib qilsa rahbarlarning ishonchini oqlaymiz va bu borada jiddiy ish olib bormoqdamiz. Bu juda masuliyatli vazifa ekanligini yaxshi tushunib turibman. Lekin bajarsa bo'ladi. Qolaversa bizni har jihatdan qo'llab-quvvatlab turgan insonlar ko'p uchramoqda. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Andijonda xalq futbolni sevadi. Ishqibozlarimizni yangi mavsumda quvontirish uchun kurashchan jamoa shakllantirmasak bo'lmaydi.  

- Futbol olamiga endi kirib kelganim yo'q. “Andijon” jamoasida ilgari ishlaganim uchun ham klubdagi vaziyatdan ozmi-ko'pmi xabarim bor va o'ziga tushunchaga egaman. 

- Klubda ishni eng avvalo futbolchilarga o'tgan yilgi qarzdorliklarni berishdan boshladik. Kecha klub qarorgohiga jamoa faxriy ishqibozlarini taklif etib, boshlanajak ish oldidan qo'y so'yib, qon chiqardik. Bularning hammasi yaxshilikka bo'lsin. O'tgan yili jamoa tarkibida o'ynagan va bugungi kunda safimizda qolishni maqul topayotgan yigitlarga malum bir miqdorda naqd pul maoshlarini berdik. Nasib qilsa endilikda klubda qarzdorliklar bo'lmasligini oldini olamiz. Bu borada biznes rejalar ham ishlab chiqqanmiz. Faqat uni asta-sekin amalda joriy etish qoldi xolos.


- Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi murabbiylarning qo'lida bor. Tarkib borasida ham bari ishni ularga qo'yib beramiz. Selekciya jarayoni esa mavsum startiga qadar davom etadi. Hozirdanoq ayrim futbolchilar bilan muzokaraga kirishildi. Biz tomondan esa tashkiliy ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yib olishdir. Qolganini mavsum davomida bilib olamiz.

- Yana shuni ham aytish lozimki “Andijon” bilan birga ayollar jamoamiz “Andijanka”ni boshqarishda davom etamiz. Asosiy etibor baribir erkaklar jamoasiga qaratiladi. Lekin bu bilan qizlarimizni ham o'z xoliga tashlab qo'ymoqchi emasmiz. Ularning ham oldiga sovrinlarni o'rinlarni egallash vazifasi qo'yilmoqda. Buning uchun har bir hodim jiddiy ish olib bormoqda.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика