Martino: "Messining gollari meni hayratlantirayotgani yo'q. Usiz ham barqaror bo'lishimiz kerak"
27 avg 2023 12:49
Yangiliklar
Martino: "Messining gollari meni hayratlantirayotgani yo'q. Usiz ham barqaror bo'lishimiz kerak"
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino hujumchi Leo Messining jamoa uchun yana bir gol urganini oddiy holat deb baholadi.
"Bu holat meni ajablantirayotgani yo'q.
SHunday o'yin orqali tanaffusga chiqib ketish hozirgi holat uchun mos bo'ldi. U bu oyda juda ko'p o'yinda qatnashdi. SHu sababli bugungi 30 daqiqa uning dam olishi uchun etarli bo'ldi.
U ham, Buskets ham qattiq charchadi. Biroq o'yindan o'yinga ularning jismoniy holati yaxshilanib bormoqda. Buni ularning o'yin yakunidagi tempi orqali ham bilish mumkin.
Messi bu g'alabani qadrlaydi, biroq endi barchasiga ko'nikishimiz kerak. CHunki Leo termasi ixtiyoriga boradi. Bu mavsumda usiz kamida 3ta o'yin o'tkazishimiz kerak bo'ladi. Endi Messisiz ham barqarorlik ko'rsata olishimiz lozim", - dedi Martino.
Fikrlar