Martines Azarning Evro-2020dagi o'yinidan mamnun
22 iyu 2021 09:24
Yangiliklar
Martines Azarning Evro-2020dagi o'yinidan mamnun
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Evro-2020 doirasidagi Finlyandiya (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng Eden Azarning o'yinidan mamnun ekanligini aytdi.
"Real" futbolchisi ilk bor turnirda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
"U yaxshi poziciyalarni topgan holda, faol tarzda harakat qildi. U kuchli ko'rindi, o'ngga va chapga o'tdi, tanasi unga yaxshi bo'ysundi. Endi Edenning asl uzatmalari va golli zarbalarini kutish kerak. Men uning o'yinidan juda ham mamnunman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Belgiya Evro-2020da guruhni birinchi o'rinda yakunlagan holda, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Fikrlar