Martinelli "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishga rozi
13 okt 2022 11:12
Yangiliklar


Martinelli "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishga rozi
Londonning "CHelsi" klubi "to'pchilar" azosi Gabriel Martinelliga qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, futbolchi "Arsenal"da qolmoqchi.
21 yoshli braziliyalik futbolchiga yaqin orada amaldagi jamoasi tomonidan yangi bitim taklif qilinishi kutilayotgan edi. Vingerning o'zi ham bunga qarshi emas. Yaxshilanadigan kelishuvda o'yinchining daromadi oshishi ham ko'zda tutiladi, albatta.
Gabriel Martinelli ushbu mavsumda jami 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 2 ta golga asistentlik qildi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining ayni paytdagi narxi 40 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar