So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Mart oyining eng yaxshilari. Muxlislar kimga ko'proq ovoz berishdi? Yangiliklar

Mart oyining eng yaxshilari. Muxlislar kimga ko'proq ovoz berishdi?

Bugun O'zbekiston Superligasida mart oyining eng yaxshilari taqdirlanadi.

PFL, SPORT TV va championat.asia sayti hamkorlikda Superligada mart oyining eng yaxshilarini aniqlashni boshlaganidan xabardorsiz.

PFL har oy yakunlariga ko'ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, darvozaboni hamda eng chiroyli golini aniqlaydi hamda ularga maxsus sovrin topshiradi. Bunda tashkilot O'zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyaciya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Eng yaxshi bo'lishga loyiq futbolchilar PFL tomonidan tanlab olinadi. Ularga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o'z ovozini beradi. SHuningdek, Championat.asia nashrida so'rovnoma o'tkazilib, unda muxlislar o'z ovozi bilan ishtirok etadi.

Murabbiy va futbolchilar saralab olingan nomzodlarni 3ta o'ringa joylashtirib chiqadi. 1-o'rin egasiga 3, keyingisiga 2 va 3-o'rinda ko'rsatilgan nomzodga 1 ochko beriladi. Muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan nomzod 6 ochkoni qo'lga kiritadi, 2-o'rindagisi 4 va 3-o'rin sohibi 2 ochkoga ega chiqadi.

Demak quyida to'rtta yo'nalishda muxlislar kimga qancha ovoz berishganini taqdim etamiz. Murabbiylar va sardorlarning bergan ovozlari qo'shilgan holda yakuniy g'oliblar malum bo'ladi. G'oliblar 18 aprel kuni 20:00da “Sport” telekanalidagi jonli efirda taqdirlanadi. SHu kuni O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qura tashlash marosimi ham bo'lib o'tadi.


Mart oyining eng yaxshi murabbiyi uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Mirjalol Qosimov - 57 foiz
2.Ilhom Mo'minjonov - 30 foiz
3.Andrey SHipilov - 7 foiz
4.SHota Arveladze - 6 foiz

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Azizbek Turg'unboev - 34 foiz
2.Elguja Grigalashvili - 14 foiz
3.Xurshid G'iyosov - 13 foiz
4.Bobir Abdixoliqov - 12 foiz
5.Jaloliddin Masharipov - 11 foiz
6.Jasur Hasanov - 10 foiz
7.Suhrob Nuruloev - 7 foiz

Mart oyining eng yaxshi darvozaboni uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Botirali Ergashev - 42 foiz
2.Murodjon Zuhurov - 27foiz
3.O'tkir Yusupov - 17 foiz
4.Eldorbek Suyunov - 10 foiz
5.Zafar Safoev - 4 foiz

Mart oyining eng chiroyli goli uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Azizbek Turg'unboev - 36 foiz
2.Azizjon G'aniev - 17 foiz
3.Sanat SHixov - 14 foiz
4.Ikrom Aliboev - 9 foiz
5.Jaloliddin Masharipov - 7 foiz
6.Elguja Grigalashvili - 5 foiz
7.Filip Rayevac - 5 foiz
8.Andrey Sidorov - 2 foiz
9.Suhrob Nurulloev - 2 foiz
10.Javlon Ibrohimov - 2 foiz


P.S. Bu faqat muxlislar tomonidan berilgan ovozlar. Murabbiylar va sardorlarning bergan ovozlari qo'shilgan holda yakuniy g'oliblar malum bo'ladi. G'oliblar 18 aprel kuni soat 20:00da “Sport” telekanalidagi jonli efirda taqdirlanadi. SHu kuni O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qura tashlash marosimi ham bo'lib o'tadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика