Mart oyi boshida "Al Ahli" yoki "Al Hilol" Toshkentga keladi!
18 fev 2025 00:58
Yangiliklar
Mart oyi boshida "Al Ahli" yoki "Al Hilol" Toshkentga keladi!
Hozirgina "Al Ahli" jamoasi "Al Garafa" ustidan g'alaba qozondi. Bu natijadan so'ng "Paxtakor" pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Ertaga "Istiqlol" o'z o'yinini o'tkazadi va ushbu bahs natijasiga qarab "Paxtakor" yakunda qaysi o'rinni egallashi malum bo'ladi. Agar "Istiqlol" "Al Rayyan" ustidan g'alaba qozonsa, "Paxtakor" sakkizinchi o'rinni egallaydi. Eronliklar ertaga durang yoki mag'lubiyat qayd etadigan bo'lishsa, "Paxtakor" ettinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'l oladi.
Elit OCHL reglamentiga ko'ra, g'arb mintaqasida 1-o'rinni egallagan jamoa shu mintaqadagi 8-o'rinni, 2-o'rinni egallagan jamoa esa 7-o'rinni egallagan klub bilan bahs olib boradi. Jadvalning eng yuqori ikkita o'rnini "Al Hilol" va "Al Ahli" klublari egallashi aniq. Yuqorida takidlanganidek, "Paxtakor" 7 yoki 8-o'rin bilan pley-offga yo'l oladi. Shunday ekan, "Paxtakor"ning pley-offdagi raqibi yo "Al Hilol" yoki "Al Ahli" bo'ladi.
Liga bosqichida yuqori o'rinni olgan jamoaga ustunlik berish maqsadida OFK pley-off bosqichining ilk uchrashuvini jadvalda pastroq o'rinni egallagan jamoa maydonida o'tkazadi. Yani, "Paxtakor" pley-off bosqichining ilk uchrashuvida o'z maydonida o'ynaydi. 1/16 finalning ilk uchrashuvlari esa 3-4 mart kuniga belgilangan. Shunday qilib, mart oyi boshida Saudiya Arabistoni grandlaridan biri Toshkentda mehmon bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar