Marsyal "Manchester Yunayted"ning ilk o'yinida maydonga tushmaydi
04 avg 2022 19:32
Yangiliklar


Marsyal "Manchester Yunayted"ning ilk o'yinida maydonga tushmaydi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal jarohati sabab mavsum boshini o'tkazib yuboradi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, hujumchi oyoq sonidagi jarohati tufayli APL 1-turidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Franciyalik futbolchining qachon maydonga qaytishi hozircha malum emas.
"Manchester Yunayted" chempionatning 2-turi doirasidagi "Brentford"ga qarshi bahsgacha Marsyal jarohatidan tuzalishiga umid qilmoqda. Biroq Antoni APLning 3-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi to'qnashuvgacha safga qaytishi aniq.
Eslatib o'tamiz, hujumchi "Atletiko"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:1) jarohat olib, maydonni tark etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar