Marsyal faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin

Alisher
24 sen 2021, 13:01
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal faoliyatini boshqa ingliz klubida davom ettirishi mumkin.

O'yinchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar Marsyal bilan yanvarda shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi. Manchesterliklar rahbariyati fransiyalik futbolchining transferidan 40 mln evro olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Marsyal MYUga 2015 yilda "Monako"dan 60 million evro evaziga o'tgan edi.

U joriy mavsum APL doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Express Sport