Marselo: "Xuddi birinchi marta Braziliya terma jamoasiga chaqirilgandekman"
24 mar 2015 15:18
Yangiliklar


Marselo: "Xuddi birinchi marta Braziliya terma jamoasiga chaqirilgandekman"
"Real" himoyachisi Marselo Junior Braziliya terma jamoasiga chaqirilishi haqida o'z fikrini bildirdi.
"O'zimni xuddi birinchi marta milliy terma jamoadan chaqiruv olgandek his qilyapman. Juda baxtliman. Braziliya terma jamoasi har qanday futbolchi uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi. Maydonda hech qachon kuchimni ayamaganman, ammo tarkib borasidagi qarorni murabbiy qabul qiladi" - deydi Marselo.
Braziliya terma jamoasi 26 mart kuni Parijda Franciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Fikrlar