Marselo umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi
10 fev 2014 12:47
Yangiliklar


Marselo umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi
“Vilyarreal”ga qarshi o'yinda (4:2) belidan jarohat olgan “Real” himoyachisi Marselo mashg'ulotlarni boshladi.
Kuni kecha 25 yoshli braziliyalik futbolchi umumiy guruhda shug'ullanishni boshlagan.
SHanba kungi o'yinda Marseloning o'rniga tushgan Fabiu Koentrau tizzasidan jarohat olib o'z o'rnini Alvaro Arbeloaga bo'shatib bergan edi. Koentrau yakshanba kuni trenajer zalida yakka tartibda shug'ullangan.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni “Real” Ispaniya Kubogining yarim final javob uchrashuvi doirasida “Atletiko”ga qarshi bahs olib boradi (birinchi o'yin – 3:0).

Fikrlar