Marselo: "To'p "Yuventus" darvozasiga kirishni istamadi"
14 may 2015 13:45
Yangiliklar
Marselo: "To'p "Yuventus" darvozasiga kirishni istamadi"
"Real" himoyachisi Marselo "Yuventus"ga qarshi kechgan uchrashuv (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Real" futbolchilari bor kuchini ishga soldi. Juda xafamiz. O'yinning oxirigacha bizni qo'llab turgan muxlislardan minnatdorman. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Bizda golli imkoniyatlar etarli bo'ldi.
"Real" o'zi ishtirok etayotgan turnirda doimo g'olib bo'lishni xohlaydi, ammo jamoamiz ikki muhim sovrindan ayrildi. Primeroda g'alaba qozonish juda qiyin vazifa, ammo buni uddalasa bo'ladi. Mavsum oxirida ochko yo'qotmaslikka urinib ko'ramiz. Ko'ramiz, bu nimaga olib kelar ekan.
Anchelotti - g'olib murabbiy. Ha, bu mavsum jamoa uchun omadli yakunlanmadi, ammo o'ylashimcha, Karlo qoladi, chunki u juda yaxshi mutaxassis" - deydi Marselo.
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar