

"O'yinni yomon boshlaganimiz yo'q, ammo birinchi goldan so'ng bo'shashdik. Bunday ochko yo'qotish - juda alamli. Raqib hisobni tenglashtirganidan so'ng, ular hujum qilishda davom etishdi va yana gol urishdi. Mavsum uzoq, biz sovrin uchun kurashni davom ettiramiz. "Real" "Sevilya"ga qarshi bahsda birozgina bo'shashdi va bundan kerakli xulosa chiqaradi. Buni takrorlamaslik lozim" - deydi Marselo.



