Marselo Koelo : "SHogirdlarim bilan faxrlanaman"
11 fev 2016 21:01
Yangiliklar


Marselo Koelo : "SHogirdlarim bilan faxrlanaman"
"Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik va hisobni ochishga muvaffaq bo'ldik. Ikkinchi golni urishimiz kerak edi. Imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Avstraliya esa ikkinchi bo'limda ikkita gol urdi va g'alaba qozondi", - deydi Marselo Koelo.
- Avstraliya terma jamoasi qo'polroq o'ynagandek tuyuldi.
- Men bu holatda yomon narsani ko'rmayapman. Hakamlarga etiroz bildirish, asabiylashish har bir o'yinda bo'ladi. Bu oddiy holat. Avstraliyaga hech qanday etrozim yo'q. Avstraliya terma jamoasi g'alaba qozonishga intildi. Menimcha bugun muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi.
- Malayziya futzali haqida qanday malumot bera olasiz?
- Bugungi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan faxrlanaman. Keyingi o'yinda Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yinda ham Malayziya futzalini qanday ekanini namoyish etmoqchimiz.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar