Marselo faoliyatini "Las-Palmas"da davom ettirishi mumkin
21 avg 2022 10:38
Yangiliklar


Marselo faoliyatini "Las-Palmas"da davom ettirishi mumkin
"Real" sobiq sardori Marselo Ispaniyada qolishi mumkin.
34 yoshli braziliyalik "Las-Palmas" qiziqishlari doirasida turibdi.
Braziliyalik himoyachi 1 iyulda erkin agentga aylandi, sababi uning "Real" bilan shartnomasi yakunlandi.
Marselo — "Real" tarixida eng ko'p sovrin yutgan o'yinchi. U jamoa bilan 25ta sovrin yutgan. Himoyachi Madrid klubida 2007 yildan 2022 yilgacha o'ynagan.
U "qaymoqranglilar" tarkibida umumiy 544ta o'yinda maydonga tushib, 37ta gol va 103ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar