Marselo Belsa loyihasi yoxud Angliya termasining yangi yulduzi Kelvin Fillips haqida
18 iyu 2021 15:35
Yangiliklar
Marselo Belsa loyihasi yoxud Angliya termasining yangi yulduzi Kelvin Fillips haqida
29 yildan buyon ilk marta yirik musobaqada inglizlar tarkibida "Liverpul" va "Manchester Yunayted" azolari yo'q edi. Biroq 25 yoshli Kelvin Fillips – "Lids"ning 2004 yildan buyon termadagi birinchi vakili bor edi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Sterling etirof etilgan bo'lsa-da, tayanch zona vakili Fillips kamida jamoadoshichalik etirofga loyiq o'yin ko'rsatdi: aynan u Raximga gol bo'lgan vaziyatda ajoyib uzatmani amalga oshirdi va umuman olganda ham ishonchli o'yin o'tkazdi. Kelvin xorvatlar hujumiga qarshi turishda old qatorlarda edi va to'pni egallagach, hujumlarni, keskin uzatmalari bilan boshlab berdi.
Bugun Fillips ha, terma jamoa azosi va Evroda maydonga tushmoqda, lekin buning ortida uning og'ir shaxsiy hayoti turibdi: qahramonimiz yo'qchilikda katta bo'ldi, otasi haligacha qamoqda, u ko'proq tasodif tufayli (butun oilasi muxlislik qiladigan klub) "Lids" akademiyasiga boradi va pul yoki boshqa jihatlarni o'ylamay, quyi divizionlardan APLgacha ko'tarildi.
Fillips Belsa tufayli bugungi darajaga chiqdi. Murabbiy futbolchini shaxsiy loyihasi sifatida ko'rdi
14 yoshida Fillips katta tasodif va mo'jiza tufayli "Lids" akademiyasiga borib qoladi. Kunlardan bir kun u sobiq jamoasi "Uortli"ning mahalliy musobaqadagi o'yinini tomosha qilishga keladi (u erdan qahramonimiz kuchliroq deyilgan "Farsli"ga o'tib ketgandi). Ammo jamoada futbolchilar etishmovchiligi kuzatiladi. Bolalar eski tanish-bilishlik, do'stlik tufayli Kelvinni maydonga tushishga ko'ndirishdi va tezda unga forma ham topib berishdi.
O'sha o'yinni "Lids" skauti ham tomosha qilayotgan edi. Uni Fillipsning ustalik bilan amalga oshirgan "podkati" hayratga soldi: u nafaqat to'pni olib qo'ydi, balki hujumni ham boshlab berdi. SHu orqali Kelvin "Lids" akademiyasiga taklif qilindi.
"Uortli"da Fillips qaysidir manoda tasodifan bo'lib qolgandi – otasining do'sti uning xiyobonda to'p tepayotganini ko'rib, mashg'ulotga chaqiradi. "Lids" taklifidan keyin Kelvinning onasi "Farsli"ga o'g'lini qo'yib yuborishni so'rab, xat yozadi. Klubdagilar o'yinchini yo'qotishni istamasdi va quyidagicha javob berdi: "Umid qilamizki, kam sonli bolalargina professional futbolchi bo'lishini tushunib turibdi".
2014 yil Fillips "Lids" bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi, 25 yoshga kelib, barcha musobaqalarda 200dan oshiq o'yin o'tkazdi. Profi bo'lib ham sportchi barchasini qaerda boshlaganini unutmadi. Mashg'ulotlardan keyin u oddiy o'rtoqlari bilan Armlidagi kichkinagina maydonchada ko'cha changitardi.
Fillipsning faoliyatidagi muhim burilish Marselo Belsa tufayli amalga oshdi. Argentinalik "Lids"ni 2018 yil CHempionshipda qabul qildi va birinchi navbatda uning azolarini to'pladi hamda keyingi mavsumda kim, qaerda o'ynashini gaplashib oldi. "Men u haqida deyarli hech narsa bilmasdim, – eslaydi Fillips. – Faqatgina uni "El Loco" ("aqldan ozgan" – championat.asia) deyishlarini bilardim".
Belsa xonaga kirardi va futbolchining ortida turardi. Qo'lini har bir futbolchining boshiga qo'yardi va xuddi ricarlik qasamyodidagidek shogirdlariga qaysi poziciyada o'ynashini aytardi. "U misol uchun Rufaning boshiga qo'lini qo'ydi va dedi: "To'qqizinchi raqam". Buning o'ziga xos manosi bor va u forvard ekanligini bildirardi. Boshqa futbolchilar ham o'z poziciyasini bilib oldi. Navbat menga etdi: "To'rtinchi raqam". Men sakkiz raqamini kutgandim va ortimga qayrildim: "Nima?". U adashdi deb o'yladim", – xotirlaydi Kelvin.
Yo'q, Belsa adashmagandi. U Fillipsni butkul o'zgartirishni niyat qilgandi, boks-tu-boksdan tayanch yarim himoyachisiga, himoyaviy harakatlarda "qo'shishi", to'p uchun kurashda yanada yaxshiroq harakat qilishini istagan. "Men himoyachi emasdim va o'zimni umuman bu rolda ko'rmasdim, – deydi Kelvin. – Bir mavsum avval men bir nechta gol urgandim. SHu sabab ilk bor men orqada o'ynashimni aytishganida, o'zimga savol berdim: "Bu erda o'zi nima bo'lyapti?".
Belsa rejasini amalga oshirish uchun ancha mehnat qilish talab qilinardi. "Men yaxshi sport formasida emasdim. Murabbiy barchaga bir xil talab qo'ydi, u har birimiz vazn tashlashimizni so'radi. U biz kamroq taom tanavvul qilishimiz kerakligini aytdi. Men har hafta muntazam ravishda istemol qilayotgan ovqatimni kamaytirib borardim. SHirin kartoshka va jo'ja barbekyusini tanovvul qilardim. Bu qiyin jarayon. Uning fikricha, siz engilroq bo'lsangiz, yaxshiroq o'ynaysiz", – derdi Fillips.
Belsa shtabi har bir futbolchining malum og'irlikda bo'lishini istar va buni nazorat qiladi hamda futbolchi meyordan oshmasa, talabga javob bersa, istagan narsasini eyishi mumkin, hatto ketchup ham. Agar vazn oshib ketsa, futbolchi sport olimi bilan birgalikda mashg'ulotga yo'l oladi, masalan, velosipedda.
Belsaning yana bir boshqa rituali – har bir futbolchi bilan mehmonxonada individual uchrashuvlar. Odatda ular 15 daqiqa davom etadi. Fillips – murabbiy bir necha bor suhbatlashadigan kam sonli futbolchilardan. Suhbat davomida Belsa Kelvin qanday harakat qilishi, qaysi g'oyalarni amalda sinab ko'rishi kerakligini, o'yin borishini qanday o'zgartirish zarurligi, markaziy himoyachilarning orasidagi bo'sh zonada harakat qilish kerakligini va to'pni egallagach, tavakkal qilishdan qo'rqmaslikni uqtirardi.
"The Athletic" manbasining malumotiga ko'ra, Belsa Fillipsni "shaxsiy loyihasi" sifatida ko'rgan. "Marselo shogirdlarini bino yoki saroylar sifatida ko'radi, o'zi esa ularning arxitektori", – qo'shimcha qiladi manba.
Fillips esa doimo "Lids"ga sodiq bo'lgan va ketish haqida o'ylamagan – hattoki jamoa CHempionshipda o'ynayotganda ham, uning transferi uchun taxminan 20 million funt berishga tayyorlar bor edi. Klub direktori Angus Kinner shunday deydi: Kelvin – sadoqat timsoli: "U moliyaviy jihatdan umuman o'rinsiz qaror qabul qildi – "Lids" tarkibida [CHempionshipda] yana bir yil qoldi. Bunda mano yo'q edi. Lekin u shunday qaror qabul qildi, chunki klubga ishonardi. U klubni yaxshi ko'rardi".
Kelvinning otasi qamoqda, onasi esa to'yib ovqatlanmas va ikki joyda ishlardi
Fillips "Lids" stadionidan uncha uzoq bo'lmagan Armli tumanida katta bo'ldi. Onasi – irlandiyalik, otasi – Yamayka fuqarosi. Juftlik uch egiz farzand ko'rishadi – Kelvin, opasi Deren va uchinchi farzand ham qiz bo'lgan, lekin bir necha oyda hayotdan ko'z yumgan.
Har kun tongda Fillips "Lids" bazasi tomon ketayotganida, yo'l-yo'lakay otasi Mark "o'tirgan" "Uilstun" qamoqxonasi yonidan o'tadi. "Bolaligimda u bazan hayotimda paydo bo'lar, bazan yo'qolib qolardi. Qamoqxonaga tushar, keyin ozod etilardi. U yomon guruhga qo'shilib qolgan: giyohvand moddalar, janjallar va shu kabi", – xotirlaydi futbolchi "The Times"ga bergan intervyusida.
Kelvin vaqti-vaqti bilan otasidan xabar olgani boradi, ammo qamoqxona havosi unga yoqmaydi. SHuning uchun ikki haftada bir telefon orqali suhbat qurishni maqul ko'radi. "U men bilan faxrlanadi. APLga chiqqanimizdan ikki haftacha o'tib, telefon qilib: "Eshit". Telefon trubkasiga yaqin turgan odamlar "Birga harakat qilamiz" ("Lids" madhiyasi – "Championat.asia")ni kuylar va devorni urishardi", – deydi Fillips.
Otasi ko'pincha oiladan uzoqda bo'lgani tufayli asosiy og'irlik onaning elkasida edi. O'zi va to'rt nafar farzandining qornini to'ydirish uchun tinmay mehnat qilish talab qilinardi. Butun oila uchun uch dona krovat bo'lardi – Kelvin va akasi ikki o'rinlisida birga uxlashsa, ikki singlisi qolgan ikki krovatda uxlardi, bolalarning onasi esa divanda dam olardi.
"Maktabda menga bepul ovqat berishardi. Oshxonada usti o'ralgan (sotib olingan) lanch bilan keladigan, buterbrod va shokoladli batonchiklar eydigan bolalarni ko'rardim. Bazi bolalar ustimdan kulardi: "Sen tekin ovqat olasan". Men uyga kelib, shunday dedim: "Oyi, nega men tushlikka egim kelgan narsani sotib olib, o'zim bilan olib bora olmayman?" U bizni bunga imkonimiz yo'ligini tushuntirishga harakat qilardi. Bazi kunlar onam kechki ovqatni emas, bor narsani qornimiz to'yishi uchun bizga qoldirardi. U bizni boqish uchun etarli pul topish uchun ikki joyda ishlardi", – deydi Kelvin.
Og'ir bolalik Fillipsni boshqalarga yordam berishga o'rgatdi. U muntazam ravishda Uortlida xayriya akciyalarini amalga oshiradi va muhtojlarga yordam berishga urinadi: "Lids"ning turli xayriya loyihalarida qatnashadi va bemor bolalarga yordam beradi.
Yaqinlari Kelvin uchun hayotidagi eng asosiy insonligicha qoladi. "Bilmasam, balki futbol o'ynayotganimning asosiy sababi – bu mening oilam. Men xuddiki buni ular uchun qilaman".
Egizak opasi Fillipsga hazil tariqasida, Kelvinning ishi oson deydi. Sababi uning o'zi Londonda qamoqxona xizmatida faoliyat olib boradi. "U ko'rishganimizda har safar menga buni aytadi. Ammo u men bilan, men u bilan g'ururlanganimchalik g'ururlanadi", – javob beradi Kelvin.
SHuningdek, uning qiz o'rtog'i bor Eshli – ular maktab davrida tanishgan. Oradan 12 yil o'tdi, ular shuncha vaqtdan buyon birga. "Men boshqa hech kim bilan uchrashishni istamayman, sababi biz u bilan juda yaqinmiz. Men ko'proq suhbatlashadigan insonlarim doirasini jiddiy nazorat qilaman. Yangi tanishlarning deyarli barchasi bilan malum masofa saqlanadi", – tan oladi Fillips.
Futbolchining buvisi ham "Lids"ni yaxshi ko'rardi. Vel hayotdan ko'z yumganida klub g'alabasini uning xotirasiga bag'ishlagan
Fillips bolaligidan buvisi Vel bilan yaqin edi. Keyinroq buvisi "Lids"ning APLgacha bosib o'tgan yo'li haqidagi hujjatli film "Bizni uyga qaytaring"ning bosh qahramonlaridan biriga aylandi. U Billi Oushennnig "When The Going Gets Tough, The Tough Get Going" qo'shig'iga raqsga tushgandi. Filmning taqdimot marosimiga Kelvin buvisi va oyisi hamrohligida keladi.
Vel "Lids"ni juda yaxshi ko'rar va klubning ashaddiy muxlisalaridan biri edi. Aynan u nabirasi "Aston Villa"ga o'tmay, CHempionshipda yana bir mavsum o'ynashiga asosiy sababchi bo'lgan. O'sha yili "Lids" APLga yo'llanmani qo'lga kiritdi, Fillips esa muvaffaqiyatning asosiy "aybdorlaridan" biriga aylandi.
2021 yil fevralida qahramonimizning buvisi hayotdan ko'z yumdi va sevimli klubi uning xotirasini yod oldi. "Lids" "Sautgempton" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)ni Vel xotirasiga bag'ishladi. Kelvin o'yinlardan avval haligacha buvisi Oushenning qo'shig'iga tushgan raqsi videosini tomosha qilishini tan oldi.
***
Kelvinni nafaqat uning ahil oilasi, balki Belsa ham qo'llab-quvvatlaydi. "Lids" mashg'ulotlaridan birida Marselo shogirdi Fillips mamlakat milliy termasi safida o'ynashini istashi haqida ochiqchasiga aytgandi. Bu haqida keyinroq futbolchi ham eslagan: "Biz uzatmalar ustida ishlayotgandik, o'shanda u menga: "Men sen shu kabi uzatmalarni "Uembli"da amalga oshirayotganingni ko'rishni sabrsizlik bilan kutyapman".
13 iyun. "Uembli". Fillips Sterlingga golli uzatmani amalga oshirdi.
Bugun tunda esa Angliya terma jamoasi SHotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.
England |
EURO Grp. D . 2-tur 19/06/2021, 01:00 0
:
0
Tugadi
|
Scotland |
Stadion: Wembley, 20306 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar