Marselo Belsa: Laciodagilar meni aldashgani uchun ishdan ketdim
09 iyu 2016 09:25
Yangiliklar
Marselo Belsa: Laciodagilar meni aldashgani uchun ishdan ketdim
Argentinalik murabbiy Marselo Belsa nima uchun Lacio bilan shartnoma tuzgach bir necha kundan so'ng o'z lavozimini tark etganini tushuntirib berdi.
Nima uchun Lacioni tark etganimni tushuntirib o'taman. Mening yordamchilarim ham ketishdi.
4 hafta davomida ishladik, ammo klub prezidenti Lotito kelishuvga amal qilmadi.
Menga 5 iyulga qadar 4 nafar futbolchini sotib olib beramiz deb vada berishgandi, ammo shu paytga qadar bironta transfer amalga oshirilgani yo'q. Klubga yangi futbolchilar kelmasa jamoa kuchaya olmaydi.
3 kundan so'ng yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanadi, shu bois men boshqa kuta olmadim. Men mavsumoldi yig'inlarga katta urg'u beradigan murabbiyman.
Hozirda menga hech qanday taklif bo'lgani yo'q. Lacioga ketganim haqidagi hujjatlarni yuboraman, – deydi Belsa.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar