Marselino: "Valensiya" bilan o'yinda boshqa Ronalduni ko'ramiz deb o'ylamayman"
27 noy 2018 16:50
Yangiliklar
Marselino: "Valensiya" bilan o'yinda boshqa Ronalduni ko'ramiz deb o'ylamayman"
"Valensiya" bosh murabiyi Marselino Toral "Yuventus"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"CHempionlar ligasining navbatdagi o'yinida turnir g'olibligiga davogarlik qilayotgan jamoaga qarshi o'ynaymiz. G'alaba qozonishga harakat qilamiz. CHempionlar ligasidagi kelajagimiz "Yuventus" bilan o'yin natijasiga bog'liq. O'yin og'ir bo'ladi, ammo hozir yaxshi formadamiz.
Raqiblarimizga oson bo'lmayapti. Tezkor o'yin namoyish etyapmiz. G'alaba qozonishimiz kerak, boshqa natija haqida har qanday fikr bizga halaqit beradi.
Krishtianu Ronaldu? U ajoyib futbolchi. Ammo uning birinchi o'yindagi chetlatilishi hech narsaga tasir qilmaydi deb o'ylayman. U doimo bor kuchini ishga soladi, g'alaba qozonishni, gollar urishni istaydi. SHu sababli biz boshqa Ronaldu ko'rmaymiz. Undan nima kutish kerakligini bilamiz" - deydi Toral.
Fikrlar