"Valensiya" yaqin vaqt ichida bosh murabbiysiz mashg'ulot o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2017, 18:45
"Valensiya" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Marselino Toral haqida ma'lumot berdi.

24 dekabr kuni 52 yoshli mutaxassis Asturiyada avariyaga uchragan edi. Logrono va Bilbaoni bog'lab turuvchi trassada murabbiyning mashinasi yo'lga otilib chiqqan to'ng'izga urilgan.

Marselino kasalxonaga yuborildi va u yerda tibbiy ko'rikdan o'tib, uyiga ketish uchun ruxsat oldi. 52 yoshli mutaxassisning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

"Shifokorlar tavsiyasiga ko'ra bosh murabbiy Marselino Garsiya Toral bir necha kun davomida dam oladi. U yo'l-transport xodisasidan so'ng o'ziga kelib olishi, mashg'ulotlarga tayyor bo'lishi kerak" - deyiladi bayonotda.

"Valensiya"ning navbatdagi uchrashuvi 6 yanvar kuni "Jirona"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com